Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » AVTO OLAM

GM Uzbekistan qo‘shimcha zavod quradi

“O‘zavtosanoat” AJ General Motors korporatsiyasi bilan hamkorlikda mashinalar modelini ko‘paytirish maqsadida qo‘shimcha zavod qurishni rejalashtirmoqda. Bu haqda “Pravda Vostoka” gazetasi yozmoqda.
Materialda aytilishicha, loyihalarning asosiy qismi GM Uzbekistan tomonidan konveyerga qo‘yiladigan yangi modellar uchun butlovchi qismlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishga qaratiladi.
Iqtisodiy tadqiqotlar markazi mutaxassislarining hisob-kitoblariga qaraganda, 2025 yili o‘zbekistonliklarning mashinalar bilan ta’minlanganlik darajasi ikki barobarga oshadi: bugungi kunda ming kishiga 67 avtomobil to‘g‘ri kelmoqda. O‘n yildan keyin ushbu ko‘rsatkich 132 mashinani tashkil qiladi.
O‘zbekistonning 2014 yilgi investision dasturi doirasida “O‘zavtosanoat” korxonalarida umumiy qiymati 87.4 mln dollarni tashkil qiluvchi 14 loyiha amalga oshirilgan edi. Joriy yilda bu yo‘nalishdagi ishlar davom ettirilishi ko‘zlanmoqda.
Matbuot xizmati xodimining ma’lum qilishicha, loyihalar ichida eng istiqbollilari Lacetti mashinalari uchun faralar va chiroqlari, Damas mashinalari uchun o‘rindiqlar, plastik detallar, interer detallari, bamperlar, uskuna panellari va boshqa plastmassali qismlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishdir.
Bugungi kunda GM Uzbekistan 9 rusumdagi avtomobil ishlab chiqaradi.


Manba:kun.uz
Категория: AVTO OLAM
Просмотров: 7429 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 0| Рейтинг: General Motors, GM Uzbekistan
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
@Kamilla@ Ajoyib iw bolardi
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 02:09
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное