17 aprelda Asakadagi “GM Uzbekistan” zavodida sifat to‘garaklari bo‘yicha 3-anjuman bo‘lib o‘tdi. Bu tadbirdan asosiy maqsad sifat boshqaruvining barcha xodimlarining to‘laqonli ishtiroki bo‘ldi. Anjumanda zavodning 11ta sifat to‘garagi ishtirok etdi.
Zamonaviy sharoitlarda mahsulot sifati istalgan mamlakatning iqtisodiy yutuqlari ko‘rsatkichi bo‘lib xizmat qiladi. Bugunda “GM Uzbekistan” rahbariyati o‘zining faoliyatida bu yo‘nalishni ustuvor yo‘nalish deb hisoblaydi. Sifat to‘garagi o‘zidan bir zavodning sifatni boshqarish muammolari bilan ko‘ngilli tarzda shug‘ullanuvchi xodimlarining kichik guruhini tashkil qiladi. Sifat to‘garaklarida nuqsonlarni kamaytirish, texnologik jarayonlarni takomillashtirish, asbob-uskunalar va qurilmalarni modernizatsiyalash, ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish, xodimlar malakasi, texnika xavfsizligi, mehnatni tashkil qilish, mehnat intizomini oshirish va boshqa muammolar hal qilinadi. To‘garaklarning pirovard maqsadi barcha xodimlarning sifatni boshqarishda ishtirok etishi hisoblanadi.