Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » AVTO OLAM

GM Uzbekistan ikki yangi transport vositalari ishlab chiqarishni o‘zlashtiradi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Abdug‘anievichning Koreya Respublikasiga davlat tashrifi doirasida 2015 yilning 26 may kuni Seul shahrida O‘zbekiston-Koreya biznes forumi bo‘lib o‘tdi.
"GM Korea" kompaniyasi prezidenti Serjio Rocha o‘z nutqida avtomobilsozlik sohasidagi hamkorlikning zamonaviy holati va istiqbollariga to‘xtaldi.
"Bugun O‘zbekistonda zamonaviy avtomobillar, tejamkor dvigatellar va ehtiyot qismlar ishlab chiqarish bo‘yicha uchta to‘laqonli, yuqori texnologiyalar bilan jihozlangan zavod tashkil etilgan. Biz dunyoninig boshqa mamlakatlarida ikkita rusumdan ko‘p avtomobil ishlab chiqarmaymiz, ammo O‘zbekistonda 9ta global modellarni ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan. Kompaniya ikkita yangi global avtomobil modellarini o‘zlashtirish, " DjiEm Paurtreyn" korxonasi negizida yanada kuchli avtomobil dvigatellarini ishlab chiqarish, O‘zbekistondagi avtomobil ehtiyot qismlari ishlab chiqaruvchi 10dan ortiq korxonalarni "General Motors" kompaniyasining global yetkazib berish tarmog‘iga kiritish, avtomobil uzellari, ehtiyot qismlar, transmissiyalar, amorizatorlar va boshqa mahsulotlarni ishlab chiqarish bo‘yicha quvvatlarni ishga tushirishni rejalashtirmoqda", deydi Serjio Rocho.
U ayni kunda O‘zbekiston Janubiy Koreya uchun strategik industrial sherikligini va bu hamkorlikning sermahsul hamda o‘zaro manfaatli tarzda rivojlanishi uchun zarur choralar ko‘rilishini qayd etib o‘tdi.


Manba:kun.uz
Категория: AVTO OLAM
Просмотров: 8873 | Рейтинг: 0| Рейтинг: GM Uzbekistan
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 23:33
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное