Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » AVTO OLAM

Gm Uzbekistan Gaz Ballonli Lacetti Ishlab Chiqarishni Boshladi

GM Uzbekistan qo‘shma korxonasi Lacetti modelining siqilgan gazda ishlovchi gaz ballonli qurilmaga ega versiyasini seriyali tarzda ishlab chiqarishni boshladi. Bu haqda kompaniyaning "Feysbuk"dagi sahifasida ma’lum qilindi.
Xabar berilishicha, GM Korea va Landi-Renzo kompaniyalari bilan birgalikdagi loyiha doirasida avtomobil va gaz ballonli qurilmani (GBQ) kalibrovkalash ishlari bajarildi, GM global tizimi standartlari va ECE R110 (BMTning Yevropa iqtisodiy komissiyasi) qoidalariga ko‘ra, GBQning detallari va butlovchi qismlarining zaruriy sinov ishlari o‘tkazildi.

Ikki yoqilg‘ili tizimga moslashtirilgan dvigatelning optimal ishlashi uchun GM Korea bilan birgalikda avtomobilning zaruriy sinovlari o‘tkazildi. Avtomobillarga o‘rnatiladigan GBQni Italiyaning Faber (ballonlar) va "O‘zavto-Landi Renzo" QK (kapotosti qurilmasi qismlari) kompaniyalari yetkazib bermoqda.
Avtomobil GM PowerTrain Uzbekistan kompaniyasi tomonidan gazda ishlashga maxsus moslashtirilgan dvigatel bilan jihozlangan. Dvigatel kuchaytirilgan silindr-porshen guruhi va klapan mexanizmiga ega. Bundan tashqari, mashinaning yurish qismi detallari – amortizator tayanchlari, prujinalar, ko‘ndalang barqarorlik stabilizatorlari va boshqalar kuchaytirildi.
GBQ bilan jihozlangan mashina benzin va gaz bilan to‘la to‘ldirilgan holda 1130 km, jumladan benzinda 850 km va gazda 280 km yo‘l bosib o‘ta oladi (mashina gaz ballon to‘la to‘ldirilgan holda 90 km/soat tezlikda 280 km, shahar ichida 230 km yo‘l bosadi). Avtomobil agar gaz tugasa yoki benzin tugasa, avtomatik ravishda gazdan benzin iste’mol qilishga o‘ta oladi.
Muhandislar xavfsizlikka alohida e’tibor qaratishdi. Gaz balloni va reduktor o‘t oldirish yoqib-o‘chirilganda avtomatik ravishda ochib-yopiladi. Ballonning asosiy elektromagnit va qo‘shimcha klapanlari harorat va bosim ko‘tarilganda ishga tushadigan predoxranitel qurilmasi bilan jihozlangan. Agar yuqori bosim gaz trubkasi uzilib ketsa, ballon avtomatik ravishda yopiladi.
Avtomobilni ishlab chiqarishning barcha bosqichlarida gaz sizib chiqishini tekshirish va barcha tizimlarni diagnostika qilish bilan qattiq nazorat amalga oshiriladi.
GBQ bilan jihozlangan Lacetti narxi keyinroq ma’lum qilinadi.


Категория: AVTO OLAM
Просмотров: 6197 | Комментарии: 2 | Рейтинг: 0| Рейтинг: GM Uzbekistan, Gaz Ballonli Lacetti
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 2
begzod118 Qachondan chiqaykan? B)
Like | 0
uchqun zo'rbo'laykan tezroq chiqsin LACETTI
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 12:14
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное