GM Uzbekistan AJ matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, gaz ballonli uskunalar o‘rnatilgan va siqilgan gaz (metan)da ishlaydigan Lacetti avtomobillari kuz mavsumidan O‘zbekiston bozoriga chiqariladi, deb yozmoqda «Gazeta.uz» internet nashri.
GM Uzbekistan zavodi mashinalariga o‘rnatilayotgan gaz ballonlari uskunalarini Italiyaning Faber kompaniyasi (ballonlar) va «O‘zavto-Landi Renzo» o‘zbek-italyan qo‘shma korxonasi (kapotosti uskunalari to‘plamlari) yetkazib bermoqda.
Lacettiga o‘rnatiladigan tizim YeSE R110 (BMTning Yevropa iqtisodiy komissiyasi) talabiga javob beradi va General Motors korporatsiyasi tomonidan tasdiqlangan. Shu bilan birga, «O‘zstandart» agentligining sifat sertifikati ham olingan.
Avtomobilga GM PowerTrain Uzbekistan kompaniyasining siqilgan gazda ishlashga moslashtirilgan 1,5-litrli dvigateli o‘rnatilgan bo‘lib, uning silindr-porshen qismi va klapan mexnizmlari takomillashtirilgan.
GM Uzbekistan AJning ta’kidlashicha, gaz ballonli avtomobillarni ishlab chiqarishning barcha bosqichida sifat nazorati qat’iy ta’minlanadi va gaz chiqish-chiqmasligi, barcha tizimlarning diagnostikasi o‘tkaziladi.