DJ Piligrim o‘zining Apple ishqibozi ekanligini e’tirof etdi
Hozirgi kunda zamonaviy qurilmalar shunchaki aloqa vositasi
emas, balki turfa vazifalarga ega yordamchiga aylanib, kishilarning hayot
tarziga kirib ulgurdi. ICTnews internet-nashri esa ko‘proq DJ Piligrim sifatida
tanilgan xonanda va musiqachi Ilhom Yo‘lchiyev bilan uning sevimli gadjetlari
xususida suhbatlashdi.
O‘zining
aytishicha, xonanda Apple mahsulotlarining ishqibozi ekan. 2010-yili sotib
olgan 64 Gb xotiraga ega iPhone 4S smartfonini boshqasiga
almashtirmayotganining sababi sifatida u o‘z akkauntlari va ijtimoiy
tarmoqlardagi parollarini eslab qololmasligini ko‘rsatadi. Shuningdek, u
displeyi 13 dyuymlik MacBook Air’dan foydalanishini, undan avvalgi MacBook
Pro’ni ham sotmasdan saqlab qo‘yganini aytgan.
DJ Piligrim
ijtimoiy tarmoqlardan "VKontakte”ni ko‘proq yaxshi ko‘rishini aytib, uning
mediatekasi ancha boy ekanligini e’tirof etadi. Shuningdek, u kompyuter
o‘yinlarini o‘ynamasligini, qimmatbaho vaqtni turli o‘yinchoqlarga sarflash
o‘zini o‘ldirish bilan barobar ekanligini ta’kidlaydi.
Sevimli dasturi haqidagi savolga javob berar ekan, xonanda
iPhone’ni fleytaga "aylantiruvchi” Ocarina dasturini e’tirof etadi.