Beeline qator tarif va xizmatlarda narxlar oshirilishini e’lon qildi
Beeline mobil aloqa operatori joriy yilning avgust oyida kompaniyaning bir qator tarif va xizmatlariga o‘zgartirishlar kiritilishini ma’lum qildi.
2015-yil 14-avgustdan boshlab “Yangi O!” tarifida har safar hisob 2 dollar va undan ortiq mablag‘ga to‘ldirilganda, 7 kun davomida tarmoq ichidagi chiqish qo‘ng‘iroqlari daqiqasiga $0,005 (yarim sent) dan narxlanadi. Imtiyozli narxdagi tarmoq ichidagi daqiqalar miqdori 200 daqiqani tashkil etadi. Hozirda (14-avgustgacha) hisob 2 dollar va undan ortiq mablag‘ga to‘ldirilganda, 7 kun davomida tarmoq ichidagi 200 daqiqa chiqish qo‘ng‘iroqlari bepul bo‘ladi.
14-avgustdan boshlab Status tariflaridan tashqari barcha tariflar uchun tarif rejasini o‘zgartirish uchun to‘lov 1 dollarni tashkil etadi. Hozirda ushbu miqdordagi to‘lov “Bravo Ooo”, “Zo‘r-zo‘r MIX” va “Oson” tarif rejalaridan boshqa (hozirda ushbu rejalarga o‘tish bepul) tariflar uchun amal qiladi.
14-avgustdan boshlab “Mening musiqam” xizmati uchun kunlik abonent to‘lovi $0,05 ni tashkil etadi. Hozirda ushbu xizmatning kunlik abonent to‘lovi — $0,03.
14-avgustdan “Hammasi oddiy” tarif rejasi yopiladi va ushbu tarifda xizmat ko‘rsatish tugatiladi, 20-avgustdan esa “O!”, “Zo‘r-zo‘r” va “Zo‘r-zo‘r MegaBit” tariflarida xizmat ko‘rsatish tugatiladi. Ushbu tariflar abonentlari o‘zlarining foydalanish ehtiyojlaridan kelib chiqib amaldagi tarif rejalaridan birini tanlashi va aytilgan muddatgacha unga o‘tishi mumkin. Tarifni o‘zgartirish bepul amalga oshiriladi
Ushbu muddatgacha tarif rejasini o‘zgartirmagan abonentlar avtomatik ravishda o‘xshash tarif rejalariga bepul tarzda o‘tkaziladi:
· “Hammasi oddiy” tarifi abonentlari “Oson” tarif rejasiga;
· “O!” tarifi abonentlari “Bravo Ooo” tarif rejasiga;
· “Zo‘r-zo‘r” va “Zo‘r-zo‘r MegaBit” tariflari abonentlari “Zo‘r-zo‘r MIX” tarif rejasiga o‘tkaziladi.
20-avgustdan boshlab “Bravo Ooo” tarif rejasida har safar hisob 2,99 dollar va undan ortiq mablag‘ga to‘ldirilganda, 7 kun davomida 100 daqiqa, dam olish kunlari uchun esa 300 daqiqa bepul taqdim etiladi. Hozirda hisob aytilgan miqdorda to‘ldirilganda 7 kun davomida 200, dam olish kunlari uchun 200 daqiqa bepul taqdim etiladi.
Tarif rejalari va xizmatlarning boshqa barcha shartlari o‘zgarishsiz qoladi.