Beeline halqaro Internet kanali hajmini ko‘paytirdi
2015 yil 25 may, Toshkent. Aloqa operatori Beeline tashqi Internet kanalining o‘tkazish imkoniyatini 10%dan ziyodga ko‘paytirdi.
Voqeani sharhlar ekan, Unitel‘ning texnik direktori Yevgeniy Klyuchev shunday dedi: “Internet-kanal hajmining sezilarli kengayishi va kompaniyaning texnik imkoniyatlari o‘sishi aloqa sifati, marketing takliflari va xizmatlarimiz ishonchliligi, shuningdek innovatsiyalarni joriy qilish va O‘zbekistonda internetizatsiyasini rivojlantirish sohalariga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi”.
Navbatdagi kengayishdan so‘ng kompaniyaning tashqi Internet kanali 3 Gbit/s tashkil etdi, va bu o‘sib borayotgan data-trafikga samarali xizmat ko‘rsatishga imkon beradi.