Ucell 2013-yilning 17-dekabridan boshlab "Oddiy” tarifida internet narxi oshishi haqida o‘z abonentlariga SMS-xabar jo‘natmoqda.
Unda aytilishicha, 1 MB internet uchun endi 8 sent to‘lanadi. Bu haqda aloqa operatori rasmiy saytida ham xabar berilgan.
Ayni paytda ushbu tarif rejasida 1 MB internet narxi 6 sentni tashkil etadi.
Ta’kidlash joiz, hali narx oshishi kuchga kirmasdanoq, ushbu yangilik ijtimoiy tarmoqlarda Ucell abonentlari noroziligiga uchramoqda.