Beeline aloqa operatori Beeline Club bonusli
dasturining ishtirokchilari uchun Beeline Uzbekistan mobil dasturining
imkoniyatlarini kengaytirmoqda. Ular uchun kompaniyaning mobil dasturida yangi
xizmatlar joriy etildi. Bu haqda Beeline matbuot xizmati xabar berdi.
"Hozirda Beeline Club’ning ishtirokchilari 4 milliondan
ortiq kishini tashkil etadi. Bu birinchi navbatda ushbu bonusli taklifning
ommabopligi va muhimligidan dalolat beradi, — deya ta’kidladi kompaniyaning
tijorat direktori Dmitriy Grigoryev. — Ular uchun maxsus ‘qo‘l
ostidagi xizmat’ deb nomlangan to‘plangan ballarni bepul daqiqalar, SMS va
internetga almashtirishni o‘rgatuvchi xizmat ishga tushirildi. Bundan tashqari,
Beeline Uzbekistan mobil dasturi orqali abonentlar mahsulot va xizmatlarga
chegirmalar berayotgan hamkorlarning ro‘yxatini ko‘rish imkoniga ega bo‘ladi”.
Beeline Uzbekistan
mobil ilovasini Google Play, Apple App Store yoki Windows
Phon Apps+Games Store do‘konlaridan yuklab olish mumkin.
Eslatib o‘tamiz, "Beeline”ning har bir mijozi *777# bepul
so‘rovini jo‘natib Beeline Club ishtirokchisiga aylanishi va sovg‘a tarzida 20
bonusli ball olishi mumkin. Keyingi ballar Beeline xizmatlaridan odatiy
ravishda foydalanish uchun hisoblanadi. Ro‘yxatdan o‘tgan ishtirokchilar endi
telefonda suhbatlashib, nafaqat bonuslarni sarflashlari, balki ishlab olishlari
ham mumkin.