“Barselona” Ispaniya kubogi dastlabki yarim finalida “Vilyarreal”ni mag‘lub (3:1) etdi. Shu tariqa, Kataloniya klubi barcha musobaqalarda ketma-ket 10-g‘alabasiga erishdi. Bu haqda olamsport.com xabar beradi.
Bu jamoa uchun 2010 yildan buyon eng uzun seriyaga aylandi. So‘nggi bor “Barselona” 4 yanvar kuni g‘alaba qozona olmagandi.
O‘shanda jamoa “Real Sosedad”ga yutqazib (0:1) qo‘ygandi. Shundan buyon Luis Enrike shogirdlari chempionatda ham, Kubokda ham 5 martadan zafar quchishdi.