Apple o‘z tarixidagi ilk yirik yillik daromadni qo‘lga kiritdi
Apple kompaniyasi 2015 yilda 234 million AQSh dollari miqdoridagi daromad ni qo‘lga kiritdi. Kompaniya daromadi o‘z tarixidagi rekord darajag yetib, 28 foizga oshdi.
Moliyaviy yilning to‘rtinchi choragi yakuniga ko‘ra Apple 51,5 million daromad topgan, undan 11,1 milliardi kompaniyaning sof daromadidir. Bir yil oldingi tushum esa 42,1 milliard dollarni tashkil etgan edi.
Apple boshlig‘i Tim Kuk mazkur yilni keng ommaga kelasi haftada namoyish etilishi kutilayotgan yangi iPad Pro va Apple TV kabi gadjetlar, kompaniya tarixidagi eng kuchli smartfonlar iPhone 6s va iPhone 6s Plus hamda ko‘p turdagi korpus va bezaklar bilan muvaffaqiyatli yakunlanayotganini ta’kidladi.
Eslatib o‘tamiz, 2015 yilning sentyabr oyida Apple iPhone smartfonlarining yangilangan talqinlari va boshqa gadjetlarni keng ommaga namoyish etdi.
5 oktyabr kuni Apple dunyoning eng qimmat brendlari ro‘yxatida birinchilikni bermay kelayotgani ma’lum bo‘ldi. Brendning qiymati joriy yilda 170,3 milliard dollar deya baholandi, bu esa o‘tgan yilga nisbatan 43 foizga ko‘p.