Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Ahmadboy olgan avtomobillardan 105 tasi egalariga qaytarildi


Xalqimiz orasida chinozlik “Ahmadboy” smi bilan tilga tushgan moliyaviy piramida asoschisi Ahmad Tursunovning “tadbirkorligi”ga 2016 yil iyun oyi boshida nuqta qo‘yilgani haqida xabar bergan edik.

Toshkent viloyati Chinoz tumanidagi “Chinoz halol chorva” va “Chinoz avto hamkor” mas’uliyati cheklangan jamiyatlarining muassisi Ahmadjon Tursunboyev yiliga kamida 100 foizlik dividend to‘lash, ya’ni ikki baravar qilib qaytarishni va’da qilib, juda katta miqdordagi omonat mablag‘larini milliy va xorijiy valyutada qabul qilish bilan shug‘ullanib kelgan. Ahmadboydan qarz olgan yoki qarz berganlar soni bir necha o‘n mingga yetgan.

Ahmadjon Tursunboyevga Jinoyat kodeksining 4 ta moddasi bo‘yicha ayblov qo‘yildi. U 177-moddaning (valyuta qimmatliklarining noqonuniy xarid qilinishi yoki sotilishi) “a”, “b” bandlari, 188-modda (Davlat ro‘yxatidan o‘tmay tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanib, o‘ta yirik miqdorda nazoratsiz daromad olish), 189-modda (Savdo va xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzish), 190-moddaning (Lisenziyasiz faoliyat bilan shug‘ullanish) “a”, “v” bandlari bilan ayblangandi.

Xalqimiz orasida ikki baravar qilib qaytib olishni maqsad qilgan holda Ahmadboyga qoramol yoki avtomobillarini ham bergan fuqarolar bor. Kuni kecha tarqalgan xabarlar biroz tin olgan “Ahmadboy vasvasasi”ni yana jonlantirib yubordi.

2015-2016 yillar davomida Ahmadjon Tursunov va uning sheriklari tomonidan aholidan olingan 105 ta turli rusumdagi avtomobillar o‘z egalariga qaytarildi.

O‘z transport vositasini olib ketishga kelgan avtomobil egalari, ya’ni Ahmadboyning nayranglariga uchgan va mashinasining evaziga ikki barobar foyda olishni ko‘zlagan fuqarolar kech bo‘lsa-da bunday “o‘yin”lar qurboniga aylanib qolishganidan afsusda ekanliklarini bildirdilar. Qariyb 2 yil avval o‘z avtomobilini Ahmadboyga topshirgan kishilarning quvonchiga videolavha orqali ham guvoh bo‘lishingiz mumkin.

Durdona Rasulova



Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 4679 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Ahmadboy
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 01:49
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное