Yuzlab odamlar hayotini saqlab qoluvchi oddiy narsa
Siz rasmda ko‘rib turgan yozuv ruchkasidan deyarli barchamiz foydalanamiz. Ammo ruchkaning qopqog‘i nega aynan mana shunday ko‘rinishda ekanligi haqida hech o‘ylab ko‘rganmisiz? 1991 yilda BIC kompaniyasi hech kimning hayoliga kelmagan sabab asnosida ruchkaning dizaynidagi so‘nggi qarorini e’lon qildi. Unga ko‘ra Cristal Pen ruchkalari xuddi mana shu ko‘rinishda ishlab chiqariladigan bo‘ldi.
Ko‘pchilik avvaliga unga umuman e’tibor bermadi. Aslida esa har yili ruchkaning bu ko‘rinishi yuzlab bolalar va kattalarning ham hayotini saqlab qolar edi. Qanday qilib deysizmi? Bilamizki bolalar og‘ziga mayda hajmdagi jismlarni solishni yaxshi ko‘radi, bu borada agar ular og‘ziga mana shunday ruchka qopqog‘ini solib yuborganda, kattalar esa biror narsadan asabiylashganda yoki o‘ylaganda ruchka qopqog‘ini g‘ajiganda yutib yuborishi mumkin. Bunda ruchkaning qopqog‘i nafas yo‘liga tiqilib qoladi va nafasni bo‘g‘ib qo‘yadi.
Bu vaziyatda ruchka qopqog‘idagi tuynuk tez yordam kelgunga qadar insonga bir muddat kislorod yetib borishini ta’minlay oladi.
BIC kompaniyasining bu qarorini juda ko‘pchilik ruchka ishlab chiqaruvchi kompaniya brendlari ma’qulladi. Britaniya instituti esa bu g‘oyaning ishlab chiqarilishi va foydalanilishida ayrim tuzatishlar kiritish kerakligini ta’kidladi. Nima ham derdik, bugun zamon talabiga ko‘ra, "Yaxshi g‘oya tezda ko‘zga tashlanadi, eng a’losi esa mana shunday sezilmaydi"!