Hayotingizni tubdan o‘zgartirib yuboruvchi bir soat
Kunlarning birida noto‘g‘ri yo‘ldan ketayotganingni bilib qolishing kishi uchun judayam qattiq zarba bo‘ladi. Chunki bu yo‘lda qanchadan qancha kuch va vaqt sarflagan bo‘lasizda. Endi barini boshdan boshlamoq kerak. Yoki mutlaqo boshqa yo‘ldan ketish kerak bo‘ladi. Bu yo‘l vaqtingizni tejashi ham mumkin. Yana bir bor xatoga yo‘l qo‘ymaslik uchun, nimadir qilish darkor. Yangi yo‘l qidirish lozim. Va biz bu yo‘lni topdik. Buning sirini bilish uchun bor yo‘g‘i bir soat (!) vaqtingiz ketadi. Bu soat barchasini o‘zgartirib yuboradi.
Yaqinda butun yer yuzi bo‘ylab 12 ming nafar ishchi-xodim o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazildi. So‘ralganlardan 70 foizining aytishicha, ijodiy ish yuritish va strategik fikrlash uchun ularga vaqt yetishmas ekan. The Times tarqatgan xabarga ko‘ra, kuniga 110 marta mobil telefonimizni ko‘zdan kechirar ekanmiz. Bu o‘rtacha hisob, ayrimlarda bu ko‘rsatkich 2-3 marta yuqori. Hatto bir kunda telefonini 900 marta ko‘zdan kechiradiganlar ham topiladi. Tasavvur qiling, qabrtoshimizga: “U elektron pochtasini tekshirgan edi”, deb yozib qo‘yishsa. Kulgili, ammo biz shunga qarab ketyapmiz.
Oddiygina yetti qadam butun hayotingizni o‘zgartirib yuborishi mumkin. Ularni hayotingizning mazmun-maqsadiga aylantiring. Bu bor yo‘g‘i bir soat vaqtingizni oladi. Bu ketgan keyingi soatingizni boshqacha qilib yuboradi. 1 qadam
Zamonaviy sivilizatsiyadagi giperfaol va noinsoniy bo‘lgan maromdan tabiiy maromni his etish uchun tabiat bag‘riga chiqing. 2 qadam
Qog‘oz olib shunday deb yozing: “Hayotimda bir hafta qolgan bo‘lganida nima qilardim?”. So‘ngra savolga javob berish uchun 10 daqiqa ajrating. 3 qadam
Endi quyidagicha savol yozing: “Agar umrimdan bir oy qolgan bo‘lsachi?” 10 daqiqa bu savolga ham vaqt ajrating. 4 qadam
Savol yozing: “Yashashimga bor yo‘g‘i bir yil qolgan bo‘lsachi?”. Javob uchun 10 daqiqa ajrating. 5 qadam
Savol yozing: “Yashashim uchun besh yil qolgan bo‘lsachi?”. Javob berishingiz uchun 10 daqiqangiz bor. 6 qadam
Savol yozing: “Yashashim uchun butun bir hayot yo‘li turgan bo‘lsachi?”. Bu savolga javob berishingiz uchun ham 10 daqiqangiz bor. 7 qadam
Va qolgan 10 daqiqangizni bergan javoblaringizni o‘qishga bag‘ishlang va o‘zingizga o‘zing shunday savol bering: “Qanday qilib kelgusi haftamni javoblarim singari rejalasam ekan-a?”
Hozir hayot judayam tez va imkoniyatlarga boy. Uni qiyinlashtirib, barchasini to‘g‘ri bajarayapman, deb o‘ylaymiz. Hayotimizda chalg‘itadigan narsalar shunchalik tiqilib yotibdiki, to‘xtab ularga e’tibor qaratishga bizga vaqt yo‘q. Biz boshqa tanlovni tanlashimiz kerak.
Biz o‘zimizga nima kerakligini aniq bilishimiz kerak. Biz ma’no-mazmunga to‘la hayot qurishimiz lozim.