Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » PSIXALOGIYA, OILA

Hayot maktabi uchun zarur bilimlar

Kimyoning menga foydasi tekkani yo‘q. Fizikaning ham. Tarix-chi? Afsuski, uning ham. Bu fanlarni kamsitmagan holda shuni aytishim kerakki, maktabda o‘rgatilishi kerak bo‘lgan hamma narsa o‘quvchilarga o‘qitilmaydi. Biz maktabda o‘rgatilishi lozim bo‘lgan-u, biroq qilinmagan ishlar ro‘yxatini tuzib chiqdik. 
Bilishingiz zarur bo‘lgan narsalar. Biroz shubhali, ammo qiziqarli eshitildimi? Shuning uchun bunday maqolani faqat bir kishi yoza olmaydi. Sub’ektivlikni bir tomonga surib qo‘yib, biz  Quora xizmatiga murojaat qildik. Bu yerda o‘nlab foydalanuvchilar butun umri davomida nimani bilishni istaganliklari to‘g‘risida gapirib berishdi. Ular shu narsalarni yoshligidan bilmaganliklari uchun pand yeyishgan, moslasha olmay qiynalishgan.
1. Sizning muvaffaqiyatingiz hech kimni qiziqtirmaydi. Agar kim uchundir bu ahamiyat kasb etsa ham, bu sizni tashvishga solmasligi kerak.
2. Qoidalarni buzuvchilar bilan ko‘proq vaqt o‘tkazing. Biroq qonunlarni buzuvchilar bilan emas.
3. Insonlar qanday qilib qaror qabul qilishlarini bilish uchun notiqlik san’ati asoslarini o‘rganing.
4. G‘amxo‘rlik kuchsizlik bilan barobar emas. Yaqinlaringiz to‘g‘risida qayg‘uring.
5. “O‘zingiz sevgan ishni qiling” – unchalik ham omilkor maslahat emas. Undan ko‘ra e’tiboringizni boshqalarga foyda keltiradigan biror narsa yaratishga qarating. Shunda imkoniyatlar eshigi ochiladi.
6. Tavakkal qilish – yaxshi. Bemulohaza bo‘lish esa yomon. Tavakkal va ahmoqlik o‘rtasidagi farqni anglashni o‘rganing.
7. Hech nimaga mute bo‘lib qolmang. Balki tobe bo‘lib qolgan qiziqishlaringizsiz hayot zerikarli tuyular, biroq siz ehtiyojlaringizga nisbatan yuqori turishingiz lozim.
8. Shuhratparastlik – faqatgina uni jilovlay olmagan kishilar qo‘lida yomondir. Aynan mana shu shuhratparastlik hayotda nimagadir erishish uchun turtki bo‘ladi. 
9. Hamma insonlar yaxshi.
10. Hamma insonlar yomon.
11. Sizga aytilayotgan hamma gapga ham ishonmang.
12. Ish – bu hayot degani emas, biroq uning katta qismidir. Siz unga vaqtingizning uchdan birini sarflaysiz. Shuning uchun sizga yoqqan ishni tanlash – ancha dono qadamdir.
13. Shaxsiy baxtga erishish yon-atrofingizdagilarni baxtli qilayapsizmi-yo‘qmi mana shunga bog‘liq. 
14. Eskalator harakatlanishiga teskari yugurish ahmoqona, lekin juda qiziqarli ish.
15. Agar kimdir sizni xafa qilayotgan bo‘lsa, demak siz u uchun ahamiyatga egasiz. 
16. Haqoratga e’tibor qaratmang, lekin tanqidlarga quloq tuting.
17. Salbiy natijalarga o‘zingizni tayyorlang. Agar ish ijobiy yakun topsa, xursand bo‘lasiz. Agar aksincha bo‘lsa, uni qiynalmay qarshi olasiz.
18. Boshqalar sizdan kutayotganiga qaraganda ko‘prog‘ini qiling.


Категория: PSIXALOGIYA, OILA
Просмотров: 11070 | Комментарии: 4 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Hayot maktabi, HAYOT, bilimlar
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 4
nonow maslahatlarizga amal qilaman manga yoqdi :o
Like | 0
2336278 Xa rostan ham. Rahmat admin zör
Like | 0
bonita Menga yoqdi Ajoyib fikrlar
Like | 0
mohishkam Qoyil judayam zor maslahatla.
Admindan iltimos wunaq narsaladan ko'pro yozila
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 04:30
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное