Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » FOYDALI MASLAXATLAR

Hayotingizni o‘zgartirishga qodir bo‘lgan 2 sehrli so‘z

Bu bizga bolaligimizdan beri qulog‘imizga quyiladigan “rahmat” va “iltimos” so‘zlari emas, balki “etarli” va “loyiqman” degan so‘zlardir, deb ma’lumot berdi “Interesno.cc” nashri.
Demak, gapni “etarli” dan boshlaymiz... Nima uchun hayotda aziyat chekamiz? Doimo nimadir yetishmayotganidan noliymiz. Bizga pul, mehr-muhabbat, e’tibor, o‘zimizga nisbatan bo‘lgan ishonch va hokazolar yetishmaydi. Agar butun diqqat-e’tiborimizni “etishmaydi”ga emas, balki “hamma narsam yetarli”ga qaratsak, nima bo‘ladi?  
Axir Koinot sizga o‘zingiz istagan narsani, kun bo‘yi o‘ylaganingizni hadya etish qudratiga ega! “Menda muhabbat hissi yetarli darajada” deb o‘ylashga harakat qiling, bu gaplarni aytayotganda nimani his qilayotganingizga e’tibor bering. O‘zingiz sezmagan holda qalbingiz quvonchga to‘lishiga ishonchimiz komil. “Pulim, baxtim, omadim yetarli darajada!” yoki bo‘lmasa vaziyatdan kelib chiqib, “yo‘lda joy yetarli darajada” (haydovchilar) va hokazo deb o‘ylash mumkin. Bu so‘zdan istagan shaklda foydalanish mumkin. O‘zingizni hamma narsasi yetarli odamday his qilishga harakat qiling. Biror nimaga egalik qilishni istasangiz, sehrli so‘zni eslab, takrorlashdan charchamang. Bu so‘zlarni biror narsaga yozib, ko‘zga ko‘rinadigan joyga ilib qo‘yishingiz ham mumkin. Yetishmovchilik sizdan uzoqdaligini, sizning hamma narsangiz yetarli ekanligi haqida o‘ylang. 
Endi ikkinchi so‘z “loyiqman”ni olib ko‘ramiz. Agar sizga biror narsa yetishmasa, demak u sizga kerak emas yoki o‘zingizni unga loyiq ko‘rmaysiz. Demak, yana yuqoridagi sxema bo‘yicha “Men sevishga loyiqman! Baxtli bo‘lishga loyiqman! Hurmat-e’tiborga sazovor bo‘lishga loyiqman! Avtomashina egasi bo‘lishga loyiqman! Olamdagi jami, eng yaxshi narsalarga egalik qilishga loyiqman!” deb takrorlang.
Bu so‘zlarni to o‘zingiz ishongunga qadar tinmay takrorlang, shunda haqiqiy mo‘’jiza ro‘y berishining guvohi bo‘lasiz!


Категория: FOYDALI MASLAXATLAR
Просмотров: 12589 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 1| Рейтинг: o'zgartirish, HAYOT, sehrli so‘z
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
Bahodirovna Hammasi yaxwi
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 10:22
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное