Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » FIKR MULOXAZA

Hayotni murakkablashtiruvchi 10 xato


Baxtli bo‘lish uchun qaysi odatlardan voz kechish kerak? "Layfxaker" shunga doir tavsiyalari bilan bo‘lishdi.

1. Boshqalarni yomon niyat qilishda gumon qilish

Ba’zan odamlar arzimagan narsalardan xafa bo‘lishadi: masalan, do‘sti yo‘llangan xabarga javob bermasa yoki hamkasbi tushlikka chaqirmasa. Agar shunday narsalardan xafa bo‘lsangiz, siz atrofdagilarni yomon niyat qilishda gumon qilgan bo‘lasiz va ular sizni atayin xafa qilmoqchi bo‘lgan deb o‘ylaysiz.

Baxtli odamlar bunday mayda narsalarga e’tibor berishmaydi. Hoynahoy, do‘stingiz sizni xafa qilmoqchi bo‘lmagan, shunchaki imkoni bo‘lmagani uchun tez javob bera olmagan; hamkasbingiz esa tushlikka boshqa payt chiqmoqchi bo‘lgandir. Atrofdagilarga gumon bilan qarayvermang va har narsani ko‘ngilga yaqin olavermang.

2. Faqat o‘zingiz bilan cheklanib qolmang

Hayotni murakkablashtirishning to‘g‘ri yo‘li - o‘zingizni xuddi dunyo faqat sizning atrofingizda aylanadigandek tutish. Qanday rejalar tuzmang, ular doim boshqalarga ham bog‘liq bo‘ladi. Reja tuzayotganingizda boshqalarning istak va imkoniyatlarini ham inobatga oling. Shunda kimdir sizning mukammal rejangizni buzgani uchun xafa bo‘lib o‘tirmaysiz.

3. Ekstremal pessimizm

Har safar u yoki bu vaziyat qanday hal bo‘lishi mumkinligi haqida o‘ylaganda ortiqcha pessimistik prognozlar qilmang. Masalan, agar tomog‘ingiz og‘riyotgan bo‘lsa, bu saratonga yo‘liqdingiz degani emas.

Ekstremal fikrlarni ildizi bilan yo‘qoting. Ular sizni yanada ko‘proq asabiylashishga majbur qiladi, natijada hayotingizni yaxshi nazorat qila olmay qolasiz.

4. Noreal narsalarni kutmang

O‘zingiz va atrofdagilarning xatti-harakatlari hamda imkoniyatlariga to‘g‘ri baho bering. Masalan, sizning turmush o‘rtog‘ingiz birinchi uchrashuvda qanday kiyimda bo‘lganingizni yodida saqlab qolishi shart deb o‘ylamang, yo bo‘lmasa, murakkab imtihonga bir soatda tayyorlanish mumkinligi ham haqiqatdan yiroq.

Kutgan narsamiz amalga oshmay olsa, xafa bo‘lamiz. O‘zingiz va boshqalardan imkoniyat doirasidan ortig‘ini kutmay yashasangiz, baxtli hayot kechirasiz.

5. Ilohiy belgini kutish

Biror ishga qo‘l urish uchun yuqoridan belgi kutib o‘tirishga hojat yo‘q, zero ilohiy belgi umuman kelmasligi ham mumkin. Agar chin dildan nimanidir xohlasangiz, uni amalga oshirishga kirishing, shunda boy berilgan imkoniyatlar uchun afsuslanmaysiz.

6. Tavakkalsiz yashash

Boy berilgan imkoniyatlardan afsuslanib yashash uchun yana bir to‘g‘ri yo‘l - tavakkaldan voz kechish.

Albatta, hayot va sog‘liqni xavf ostiga qo‘yish kerak emas, lekin gap bu qadar muhim narsalar haqida bormagan payt barcha imkoniyatlardan foydalaning, hatto u muvaffaqiyatsizlik bilan tugasa ham.

7. Boshqalar bilan taqqoslash

O‘zingizni atrofdagilar bilan taqqoslamang. Aks holda ular sizga aqlliroq, chiroyliroq, boyroq va baxtliroq tuyulishi mumkin.

Taqqoslashni bas qiling. Siz, hoynahoy, ularning hayotiy tafsilotlarini bilmasangiz kerak, shuning uchun bunday qilmagan ma’qul. Yaxshisi, diqqatingizni o‘zingiz va o‘z ishlaringizga qarating.

8. Vaqtingizni behuda sarflamang

O‘zingizga yoqmagan yoki sizga salbiy munosabatda bo‘lgan insonlarga vaqtingizni sarflamang. Vaqt — eng qadrli resurslardan biri. Agar ma’lum bir inson bilan muloqot qilishni yoqtirmasangiz, undan ko‘ra muhimroq bo‘lgan ishroq bilan shug‘ullaning yoki o‘zingiz uchun qadrli bo‘lgan insonlar bilan uchrashing.

9. Haddan tashqari bog‘lanib qolish

Odamlar bilan bir qatorda predmetlar va imkoniyatlarni ham qo‘yib yuborishni o‘rganish muhim. Nimadir tugagani uchun hadeb afsuslanish kerak emas. Buning o‘rniga yangilarini qurishni boshlang.

10. Javob qaytarmaslik

Baxtli bo‘lish uchun nafaqat olish, balki berish ham muhim. Boshqalar bilan bo‘lishing, iltifot ko‘rsating, yaqinlaringiz haqida qayg‘uring. Shunda o‘zingiz va atrofingizdagi odamlarga biroz bo‘lsa-da baxt ulashgan bo‘lasiz.



Manba:kun.uz
Категория: FIKR MULOXAZA
Просмотров: 3122 | Рейтинг: 0| Рейтинг: murakkablashtiruvchi, 10 xato, HAYOT
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 09:16
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное