Yozda junli yopinchiqqa o‘ranib olgan Anjelina Joli muxlislarini hayratga soldi
Gollivud aktrisasi Anjelina Jolining ahvoli aktrisaning butun dunyodagi muxlislarida xavotir uyg‘otmoqda, deb yozadi “Vesti” nashri. Aktrisaning salomatligi yuzasidan hech qanday rasmiy ma’lumot berilmayotgan bo‘lsa-da, uning ahvoli tobora og‘irlashib borayotganini bir qarashdayoq anglash mumkin.
Bundan uch yil avval Joli ko‘krak bezi saratonining oldini olish maqsadida ko‘krak bezlarini oldirib tashlagan edi. Paparassi aktrisaning har bir qadamini taqib qilmoqda va bundan olinayotgan xulosa yangi mish-mishlarga sabab bo‘lmoqda.
Yaqinda paparassichilar Los-Anjelesdagi supermarketdan chiqayotgan aktrisani suratga olishdi. Ko‘chada havo harorati 30 daraja issiq bo‘lishiga qaramay aktrisa junli yopinchiqqa o‘ranib olgan va ko‘rinishi bir ahvol edi.
Joli o‘z sog‘ligi bilan mish-mishlarga hech qanday fikr bildirmayapti. U BMTning ko‘ngilli elchisi sifatida jamiyatda avvalgidek faol tarzda ishtirok etmoqda. Bundan tashqari, namunali ona sifatida olti nafar farzandlarini tarbiyalamoqda.