Gollivud aktrisasi Chor Rossiyasi imperatrisasi Yekaterina Ikkinchining shaxsiy hayoti tasvirlanadigan filmda bosh rolni ijro etadi. Bu haqda Daily Mail nashri yozadi.
Nashrda aytilishicha, filmda asosan Yekaterina Ikkinchining shaxsiy hayotidagi mashmashalar tasvirlanadi.
Ushbu film Saymon Sebag-Montefiorening "Potemkin: Knyazlar knyazi" nomli asari asosida suratga olinadi.
"Anjelina Joli mening asarim qahramonini ijro etishni tanlagani uchun juda xursandman. Bu mening ilk kitobim va unda mashaqqatli sevgi tarixi bayon etilgan", deydi asar muallifi.
Qayd etilishicha, aktrisa bu obrazni jonlantirishni 9 yildan beri rejalashtirib kelardi.
Ma’lumot uchun, bu qahramon bundan oldin Marlen Ditrix, Bett Deyvis, Tallula Benkxed, Katrin Denev va Ketrin Zeta-Jons kabi aktrisalar talqinida taqdim etilgandi.