Mashhur Gollivud aktrisasi va ko‘p bolali ona Anjelina Joli
yana jarrohlik stoliga yotmoqchi. Xorijiy ommaviy axborot vositalari
xabarlariga ko‘ra, u o‘zining tashqi ko‘rinishidagi katta kamchilikni yopish
niyatida. Bu haqda "Rossiyskaya
gazeta” ma’lumotlariga tayangan holda Dni.ru sayti xabar bergan.
Gollivud
go‘zalining fikricha, qo‘lidagi tomirlar juda bo‘rtib chiqqanligi bois, bu
nuqson uning ayollik husniga dog‘ tushiryapti. Bu dog‘ni yashirish uchun esa
Joli plastik jarrohlik yo‘lini ma’qul kormoqda.
Aktrisani
bunga undayotgan omil – Bred Pitt bilan bo‘lajak to‘ylaridir, degan fikrlar ham
bor. Uning yaqinlaridan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, Joli to‘y marosimida
qo‘lqopsiz libosda namoyon bo‘lish istagida. Shu bois ham u qo‘llarini operatsiya
qildirmoqchi.
Ko‘pchilikning
fikricha, Anjelinaga hech qanday jarrohlik amaliyotining keragi yo‘q, u faqat
sal to‘lishsa, tomirlari ham o‘z-o‘zidan sezilmay ketadi. Biroq tinib-tinchimas
aktrisa ishga shu qadar qattiq sho‘ng‘iydiki, ko‘pincha hatto ovqatlanishniyam
unutib qo‘yadi. Buning ustiga, u o‘z ozg‘inligini go‘zallikka xizmat qiluvchi
omil, deb hisoblaydi.
Eslatib
o‘tamiz, Anjelina Joli o‘tgan yili ko‘krak bezini oldirib tashlagan edi.
Kinodagi
faoliyatidan tashqari, u BMT’ning qochoqlar bo‘yicha Oliy komissarligi
ko‘ngillisi va Education Partnerhsip for Children of Conflict jamg‘armasining
sohibasi ham hisoblanadi.