Avvalroq, 28 dekabr kuni Toshkent shahrida joylashgan O‘zbekiston Badiiy akademiyasining Markaziy ko‘rgazmalar zalida yong‘in chiqqani haqida xabar bergan edik.
Huddi shu kuni andijonlik fuqaroning uyida yong‘in chiqib, bir kishining vafotiga sabab bo‘ldi.
Andijon shahrida “Islomobod” MFYda yashovchi Q.A.ning uyida yong‘in sodir bo‘lgan. Ko‘rilgan choralar natijasida yong‘in o‘chirilgan. Yong‘in oqibatida uyning 70 kv metr maydonida tomi, shifti va uy-ro‘zg‘or buyumlari yonib zarar ko‘rgan hamda yong‘in o‘chirish vaqtida Q.A.ning birga yashagan kelini Z.A.ning kuygan holdagi jasadi topilgan. Jasad sud-tibbiy ekspertizasiga yuborilgan.
Yong‘in elektr simlarining qisqa tutashuvidan kelib chiqqanligi aniqlangan.