Yo‘qolgan apple telefonlarini qanday topish mumkin?
“Telefonimni top” Find my iPhone(http://itunes.apple.com/us/app/find-my-iphone/id376101648?mt=8) xizmatini ishga tushiring. Bu xizmat orqali yo‘qolgan telefonning qaerdaligini internet orqali topishingiz mumkin. Shuningdek, ekranini avtomatik qulflab, topib olgan odam sizga bog‘lanishi uchun ekranda sizning telefon raqamingiz yoki pochta manzilingiz ko‘rinadigan qilish mumkin. Bundan tashqari, internet orqali telefoningiz ichidagi barcha ma’lumotlarni butunlay o‘chirib tashlashingiz ham mumkin. iCloud xizmati orqali barcha ma’lumotlaringizni saqlab boring. Telefoningiz yo‘qolgan va qayta topilmagan taqdirda uning ichidagi barcha ma’lumotlarni iCloud orqali boshqa telefoningizga ko‘chirib olishingiz mumkin.