Aktyor Yigitali Mamajonov biz bilan bo‘lgan suhbatda ikkinchi turmush o‘rtog‘i Nigina haqida barcha ma’lumotlarni gapirib berdi...
— Shaxsiy hayotim haqida omma oldida gapirishni yoqtirmayman. Lekin ba’zi ma’lumotlarni aytishim mumkin. Chimkentlik qiz. Muhabbat shunday mo‘’jizaki u millat, masofa tanlamas ekan. Bu tuyg‘u bizga ayni kerak paytda qalbimizda paydo bo‘lganidan xursandman. Uni ilk bor ko‘rganimni yaxshi eslayman. Qadrdonlar bilan dam olishda edik, u ham oilasidagilar bilan hordiq chiqarishga kelgan ekan. O‘shanda ikki oila a’zolari xuddi ko‘pdan beri bir-birini bilgandek, qadrdon bo‘lib ketganmiz va keyinchalik ham tez-tez gaplashib turdik. Vaqt o‘tgan sayin u mening prinsiplarim, xohish va tasavvurimdagi inson ekanligiga amin bo‘la boshlaganman. Bugun juda baxtlimiz. Va uni asrab avaylayman.
Aktyorning onasi va turmush o‘rtog‘i Nigina
Ma’lumot o‘rnida:
Aktyor Yigitali Mamajonov yana bir karra ota bo‘lish arafasida.