Bugun Toshkent shahrida joylashgan chiroyli restoranlardan
biri bo’lmish «Ezidiyor» restoranida Rayhon va Yigitali farzandlik
bo’lganliklari munosabati bilan, o’g'illari Islom va Imron uchun aqiqa oshi
berdilar. O’zbek shou-biznesining barcha vakillari bugun bir koshonada jamuljam
bo’ldilar.
O’zbekiston Xalq artistlari deysizmi, O’zbekistonda xizmat
ko’rsatgan artistlar, «Nihol» mukofoti sovrindorlari, elimiz suygan
san’atkorlar, kino olami vakillari, tv va radio olamining ko’zga ko’ringan
namoyondalari, xullas barcha-barcha bugun «Ezidiyor» restoraniga tashrif
buyurdi. Buning munosabati esa albatta Rayhon va Yigitalining farzandlariga
atalgan aqiqa oshi edi.
Biz SB.uz portali ijodiy jamoasi yana bir bor Rayhon va Yigitalini chin dildan
muborakbod etgan holda, kelajakda mana shu farzandlarini rohatini birgalikda
ko’rib yurishlari nasib etsin, deb tilak bildirib qolamiz!!!