Yigitali: “Rayhon xohlagandek baxtli hayotni bera olmadim
Kinoaktyor Yigitali Mamajonov Moskvadagi ijodiy faoliyati haqida saytimizga bergan intervyusidan so‘ng aksariyat muxlislar mazkur suhbatning kengaytirilgan shaklini taqdim etishni so‘rab murojaat qilishdi.
Ushbu taklif va mulohazalarni inobatga olib Yigitali bilan qayta bog‘landik va aksariyatni qiziqtirayotgan savollarni taqdim etib, javob olishga muvaffaq bo‘ldik. Jumladan, Mamajonov O‘zbekistonga qachon qaytib kelishi haqida so‘z yuritar ekan, “Axir samolyot kabi transportlar bor-ku! Albatta qaytaman!” deb javob qaytardi va taxminiy muddatni ham ta’kidlab o‘tdi.
Jurnalist Parviz Fattoyevning “To‘g‘risi, sizdan Rayhon bilan oilaviy mojarolar haqida “Bularning hammasi yolg‘on” degan javob olishni chin dildan istayapman” qabilidagi savoliga “Bu ham bir sinov, taqdirimda bor ekan nachora” deya javob qaytardi.
Farzandlarini qanchalik sog‘ingani-yu ularning kelajagi haqida ham so‘z yuritdi. Shaxsiy hayotini omma oldida oshkora qilishni istamaydigan Yigitali “O‘zimni oppoq deya olmayman” deb aytdi.
Shuningdek “Rayhon xohlagancha baxtli hayotni bera olmadim. Balki bunga sabab...”, “Rostini aytsam shu kunga qadar hech qaysi obrazimdan ko‘nglim to‘lmagan...” kabi javoblarni ham tilga oldi.
Barcha oydinliklarni o‘z ichiga olgan mazkur eksklyuziv suhbatning to‘liq shaklini “Darakchi” gazetasining kelgusi sonida mutolaa qilishingiz mumkin.
Rostan ham ajrashmanglar iltimos ollox sizlarga shunday egizak farzandlarni jufti bilan berdi....ularni qadriga yetilar ularni otasiz yo onasiz qoldirmenglar tola to'kis katta bo'lsn