Samsung Electronics mobil qurilmalar va televizorlar bozorining global yetakchisi, pandemiya sharoitlarida mas’uliyatni his qilgan holda uyda qolib, masofadan ishlayotgan foydalanuvchilarning ehtiyojlari uchun mo‘ljallangan ajoyib yangi mahsulotlarni chiqarmoqda. Tanishing, an’anaviy kompyuterlarga yaqqol ekzistensial tahdidni tug‘dirayotgan Smart monitor modellarining innovatsion liniyasi.
Katta, deyarli chegarasiz ekranga ega bejirim, ixcham “aqlli monitor” beso‘naqay tizimli blokni ofisda qoldirish imkonini beradi. Chunki yangi mahsulotning ixcham korpusida funksiyalar juda ko‘p. O‘zingiz baho bering.
Ish
Koronavirusga qarshi Samsung Smart monitori sizga hatto uy ShKsiz ham, Remote Access va Office 365 bulutli servislari yordamida “ishchi ot”ingizning butun kuchidan foydalanish imkonini beradi. Faqat bunda internet bo‘lsa kifoya. Oldindan o‘rnatilgan Microsoft paketi bilan avvalgiday ishlashingiz, ya’ni yozishingiz, taqdimotlarni tayyorlashingiz va jadvallarni tuzishingiz mumkin. Ofisga qaytgandan keyin esa o‘sha bulutli servislarning o‘zidan bajarilgan hamma ishlarni ShKga yuklab olsa bo‘ladi. Ijobiy tomoni — mushugingizni stoldagi qonuniy joyidan mahrum qilmagan holda, uyingizni ish texnikasi bilan ivirsitmaysiz.
Ko‘ngilocharlik
O‘yinlarni yoqtirasizmi? Qiziqarli seriallarni-chi? Samsung Smart monitoriga konsolni ulab, undan televizor sifatida foydalanishingiz mumkin. Maxsus ko‘ngilochar rejimga o‘tsangiz, bas — barcha sevimli o‘yinlaringiz, striming ilovalar va boshqa ko‘plab narsalar olingizda muhayyo. Popkornni olib, qulayroq o‘tirib oling, monitorga masofadan turib boshqariladigan pult orqali ovozli komandalarni bering (ha, xuddi shunday) va rohatlaning. O‘rnatma kuchli dinamiklar sizni kolonka xarajatlaridan xalos qiladi va shunga mos ravishda stol ustida ham bir talay joyni tejaydi. Yaxshiyamki, boshlig‘ingiz ishda nimalar bilan band ekaningizni ko‘rmayapti.
O‘qish
Siz o‘quv partasida emas, balki Smart monitor oldida o‘tirsangiz ham mashg‘ulotlarni o‘tkazib yubormaysiz. Uyingizda masofadan turib onlayn darslarda qatnashishingiz, uy vazifalarini bajarishingiz va o‘qituvchi bilan aloqani ushlab turishingiz mumkin. Murosaga o‘rin yo‘q. Agar guruhdoshlaringizni sog‘ingan bo‘lsangiz, talabalik kechalaridan olingan videotasvirlarni Samsung Smart monitorida tomosha qiling. O‘ta yuqori UHD yechim, moslashuvchan yorqinlik va maksimal detalizatsiya videotasvirning ichiga sho‘ng‘ib ketish samarasini taqdim etadi.
Bonus
Samsung Smart monitoriga USB type-C yordamida osonlik bilan mobil qurilmangizni ulashingiz va uni zaryadlashingiz yoki ma’lumotlar almashishingiz yoxud Wireless DeX yoki Tap View funksiyasi yordamida shunchaki telefonni monitor ramkasiga tekkizgan holda, simlarsiz ham ulanishingiz mumkin (bunda zaryadlash imkoni bo‘lmaydi). Agar siz Apple qurilmasining foydalanuvchisi bo‘lsangiz, bu holda ham muammo yo‘q — Smart monitorni AirPlay 2 texnologiyasi bilan muvofiqlashtirish mumkin, o‘z iPhone yoki iPad qurilmangizni ulang va katta, yorqin ekranda kontentdan bahra oling. Agar sizda biror-bir sababga ko‘ra klaviatura bo‘lmasa, “aqlli monitor”ning ekraniga virtual QWERTY’ni chiqarish va pult yordamida so‘rovni terish mumkin.
Bir so‘z bilan aytganda, endi karantin zerikarli bo‘lmaydi. Yana bir yangilik — yangi Samsung Smart monitori allaqachon trenddan chiqqan klassik ShKning o‘rnini osongina bosishga qodir. “Qariya”ni pensiyaga chiqarib yuboring.