Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » TEXNOLOGIYA

Samsung foydasining o‘sish sur’ati keskin pasaydi

Televizorlar, xotira chiplari, displeylar va uyali aloqa telefonlarining eng yirik ishlab chiqaruvchisi – Janubiy Koreyaning Samsung Electronics kompaniyasi 2013-yilning 4-choragida sof daromadini 3,7 foizga oshirdi. Ammo kompaniya daromadining o‘sish sur’atlari sezilarli darajada pasaydi, deb yozadi "Vedomosti” nashri.

Kompaniyaning oktabr–dekabr oylaridagi sof foydasi 7,3 trillion von, ya’ni 6,8 milliard AQSh dollariga yetdi. 2012-yilning shu davridagi foydasi esa 7,04 trillion von bo‘lgan edi. 2013-yilning uchinchi choragida kompaniya daromadlarida rekord ko‘rsatkich – 8,24 trillion von qayd etilgan, ya’ni foyda 25,6 foizga o‘sgan edi.

O‘tgan kvartalda operatsion daromad 6 foizga — 8,84 trilliondan 8,31 trillion vongacha pasaydi; bu ko‘rsatkichning ikki yil davomida birinchi bor pasayishidir. Tushum 5,7 foizga oshib, 59,3 trillion vonga yetdi.

Kompaniyaning telefon bo‘limi operatsion daromadi umumiy ko‘rsatkichning uchdan ikki qismiga to‘g‘ri keladi. O‘tgan yilning 4-choragida u 5,47 trillion von, ya’ni 2012-yilning oktabr–dekabr oylaridagi bilan bir xil bo‘lib qoldi. Biroq 2013-yilning 3-choragidagi 6,7 trillion vonga nisbatan kuchli pasayish sezildi.

Maishiy elektronika (televizor va boshqalar) bo‘limining operatsion daromadi 700 milliard vondan 660 milliard vongacha, displeylar bo‘liminiki esa 1,11 trillion vondan 110 milliard vongacha pasaydi.

Samsung prognozlariga ko‘ra, joriy yilning birinchi choragida smartfonlar yetkazib berish hajmi oldingi uch oydagiga nisbatan taxminan 5 foizga, planshetlar ishlab chiqarish esa 7—9 foizga o‘sadi.

Kompaniya 2014-yilda ham chiqimlarini o‘tgan yilgi darajasida — 23,8 trillion von miqdorida saqlab qoldi.



Категория: TEXNOLOGIYA
Просмотров: 2416 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Samsung
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 13:12
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное