Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Muxabbat va Extiros - soundtreck (Offical)
. Efir Sirlari - Soundtrack
. Saroy Javohiri-Soundtreck5
. Qo'rqmas - soundtreck 2
. Klon-soundtreck
. Qaqnus - Mal De music
. Ko'ngil bog'i-soundtreck [feat Girl]
. Ziyoda-Super Qaynona [soundtreck]
. Qor Alangasi - Soundtreck [Dream]
. Pazanda - Im Loving You
. Sherlock Holmes - soundtreck (offical)
. Ishq Jodusi - Enticing Trick
. Saroy Javohiri-Soundtreck6
. Qaxvaxona - soundtreck (Offical)
. Qo'rqmas - soundtreck (music)
Главная » Файлы » KINO YANGILIKLARI

Yangi, katta loyiha “Mehmonxona” teleserial tez kunda...

Yangi yaratilayotgan film va teleseriallar xalqimiz tomonidan iliq kutib olinmoqda. Har bir kinomuxlis tomoshadan so‘ng o‘ziga kerakli xulosa chiqaradi, qaysidir ma’noda saboq oladi. Akariyat teleseriallarda turmush tashvishlari bilan bog‘liq maishiy muammolar asosiy mavzu etib tanlanishi tabiiy hol bo‘lib qolgan. Ayrim teleseriallar rejissura taraflama sayoz, ssenariysi juda oddiy. Xalqimiz ko‘proq oddiylikni ma’qul ko‘radi, lekin rivojlanib borayotgan zamonning o‘ziga xos tomonlarini ham ko‘rsatib berish kerak, degan maqsadni oldiga qo‘ygan bir guruh kinoijodkorlar yangi, katta loyihaga qo‘l urishgan. 
Bir kator aktyorlar tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirilayotgan fotosuratlarni ko‘rib, yangi serial suratga olinayotganidan xabardor bo‘ldik. “Yoshlar” teleradiokanali buyurtmasiga binoan “O‘zbektelefilm” Davlat unitar korxonasi tomonidan suratga olinayotgan yigirma qismdan iborat bo‘lgan yangi serial nomi “Mehmonxona” ("Hotel'') deb nomlangan teleserial xakida to‘lik ma’lumotga ega bo‘lish uchun film rejissyori Akrom Isakov bilan ko‘rishdik:
Akrom Isakov:
- Ayni damda suratga olish ishlarining to‘qson foizi amalga oshirilib, yakuniy qismlari qolgan. Vaktdan unumli foydalangan xolda montaj ishlarini xam boshlab yuborganmiz.
Bu ssenariyning goyasi xakida ikki yil avval uylagandim, ammo vaqti soati kelgach oradan biroz vakt utib, Barno Abdurashidova hamda Nosir Boymirzaevlar bilan hamkorlikda ssenariyni yozdik. Katta tayyorgarliklardan so‘ng esa tasvirga olish ishlari boshlab yuborildi. Shuni aytib o‘tishim lozim, tasvirga olish jarayonlarida anchagina qo‘shimcha epizodlar suratga olindi. 
Mazkur teleserialda voqealar voqealarga ulanib, noan’anaviy, o‘tkir syujetli, tarbiyaviy axamiyatga ega mavzular, hususan nafs, boylik, oqibat, do‘stlik, manfaat, mansab, hukmdorlik hissi, shuningdek oilaviy munosabatlar ko‘rsatilgan. Mehmonxonada xizmat qilayotgan har bir xodimlar, hatto oqsochlarning tushmush tarzi, oilasi va hayotiy muammolari yoritib berilgan.
Serialda juda ko‘p aktyorlar ishtrok etishgan, ularning deyarli barchasini o‘zbek kinosi yulduzlari, deya olamiz. Yoqub Ahmedov, Bobur Yo‘ldoshev, Gavhar Zokirova, Adiz Rajabov, Ra’no Shodiyeva, Shodiya To‘htayeva, Shahzoda Matchonova, Gulchehra Eshonqulova, Erkin Komilov, Tohir Saidov, Xayrulla Sa’diev, Anvar Kartaev va boshqa bir qator aktyorlar har doimgidan farqli, o‘zgacha obrazlarni talqin etishgan. Kiyimlar bo‘yicha dizayner Setora Otahonova har bir aktyorning tashqi ko‘rinishiga, pardozidan tortib sochi va liboslarining detallarigacha javobgar bo‘ldi.
Ijodiy guruximiz, bosh muxarrir Dilbar Ziyodova, ikkinchi rejissyor Dilmurod Qambarov, postanovkachi rassom Umida Irmatova, kompozitor Igor Pinxasov, kompyuter grafikasi bo‘yicha mutaxassis Shuxrat Asaev va aktyorlar jamoasi bilan katta oiladek ishladik.
Butun dunyo miqiyosida bir qancha davlatlarda mehmonxona mavzusida teleseriallar yaratilgan, ammo mazkur serialda o‘zbekona fazilatlar, bizga begona bo‘lmagan muammolar, nafaqat milliy madaniyatimiz, balki mexmonxona bilan bog‘lik zamonaviy biznes darajasini, qolaversa bugungi hayotimizda atrofimizda sodir bo‘layotgan voqealar namoyon bo‘ladi. Serial namoyishini intizorlik bilan kutib qolamiz.


Категория: KINO YANGILIKLARI
Просмотров: 8094 | Комментарии: 2 | Рейтинг: 0| Рейтинг: mehmonxona, Serial, hotel, teleserial
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 2
JaMShiDXoN Omad
Like | 0
Don9498 Unda yangi serialni kutib qolmiz
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 00:40
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное