Tokioda “Godzilla” filmiga atalgan mehmonxona ochildi
Yaqinda “Godzilla” filmi muxlislari albatta Tokioga boradigan bo‘lishadi. Gap shundaki, tez kunlarda Tokioda mahluqlar bilan birga yashash mumkin bo‘lgan Gracery mehmonxonasi ochiladi.
U “Godzilla” filmiga atab qurilgan dunyodagi birinchi mehmonxona hisoblanadi. 30 qavatli mehmonxonada kichik godzillalardan tortib gigantlarini ham uchratish mumkin. Godzillaning boshi binoning tom qismida 2020 yil bo‘lib o‘tadigan Olimpiya o‘yinlarida Tokioga tashrif buyuradigan turistlar uchun ajoyib sovg‘a tayyorlanmoqda.
Mehmonxonada kinoteatr ham bo‘lib, unda uzluksiz ravishda filmning oq-qora ranglardagi talqinidan boshlab so‘nggi 2014 yilgi variantini ham tomosha qilish mumkin. Xonalarning narxi 300 dollardan ko‘proq, dam olish va bayram kunlari 460 dollar.
Gracery mehmonxonasi ixlosmandlari uchun 24 aprel kuni o‘z eshiklarini ochadi.