Endi turmush qurmagan juftliklarga ham mehmonxonada xona beriladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezident Shavkat Mirziyoev “O‘zbekiston Respublikasida turizmni jadal rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” qarorni imzoladi.
Qarorda ta’kidlanishicha, mehmonxona xizmatlari yashash joyi (propiska), jismoniy shaxslarning fuqaroligi, qarindoshlik va nikoh aloqalari, shuningdek, shaxsiy hayotdagi huquqlarni cheklovchi boshqa omillarni inobatga olmagan holda ko‘rsatilishi kerak.
Hujjatda bunday cheklovlarning mavjud bo‘lishi qonunchilikka zid hisoblanishi qayd etilgan.