Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Romeo va Juletta - soundtreck
. Ishq Ertagi - Title sound
. Qalbim Chechagi-soundtreck2
. Iyun Oqshomi - Yagmur (soundtreck)
. Saroy Javohiri-Soundtreck3
. Osiyo-Asi [soundtreck]
. Sevishganlar - soundtreck (serial kareya)
. Muhabbat tantanasi - soundtreck
. Saroy Javohiri - Soundtreck
. Sherlock Holmes - soundtreck (offical)
. Vorislar - Loves Moment (serial korea)
. Ayol Qalbi - You can't say
. Qo'rqmas - soundtreck (music)
. Shamollar Mamlakati - soundtreck love (korea)
. Qo'rqmas - soundtreck 3
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

Rossiya Yaponiya bilan yana bir kelishuvdan chiqdi. Tokio norozilik bildirdi
Rossiya Yaponiya bilan Kuril orollariga yapon fuqarolari – bu orollarning sobiq rezidentlarining osonlashtirilgan tashriflar bo‘yicha kelishuvni, shuningdek, o‘zaro sayohatlar tartibi to‘g‘risidagi kelishuvni bekor qildi. Rossiya Federatsiyasi hukumatining tegishli qarori kecha, 5 sentyabr kuni rasmiy huquqiy axborot portalida e’lon qilindi.

“SSSR Tashqi ishlar vaziri va Yaponiya Tashqi ishlar vaziri o‘rtasidagi 1991 yil 14 oktyabrdagi o‘zaro safarlar tartibi to‘g‘risidagi maktublar almashinuvi shaklidagi Bitim hamda Rossiya Federatsiyasi hukumati va Yaponiya hukumati o‘rtasidagi Yaponiya fuqarolari – orollarning sobiq aholisi va ularning oila a’zolarining Kunashir, Iturup orollari va Kichik Kuril orollariga (Saxalin viloyati) osonlashtirilgan tashriflarini tashkil etish to‘g‘risida 1999 yil 2 sentyabrdagi bitim bekor qilinsin”, deyiladi hujjatda.

Rossiya Tashqi ishlar vazirligiga Yaponiya tomonini qaror haqida xabardor qilish topshirilgan.

Yaponiya Rossiyaga Moskvaning Kuril orollarining janubiy qismiga Yaponiya fuqarolari – bu orollarning sobiq rezidentlarining osonlashtirilgan tashriflari bo‘yicha ikki tomonlama kelishuvdan, shuningdek, o‘zaro vizasiz sayohat qilish tartibi to‘g‘risidagi kelishuvdan chiqish qarori munosabati bilan norozilik bildirdi. Bu haqda bugun, 6 sentyabr kuni Tokiodagi matbuot anjumanida Vazirlar Mahkamasi bosh kotibi Xirokazu Matsuno ma’lum qildi.

“Biz buni noqonuniy deb hisoblaymiz. Bizning nuqtai nazarimizdan, buni qabul qilish mumkin emas. Ayni paytda biz Rossiya tomonidan rasmiy xabar olmadik. Ayni paytda biz keskin norozilik bildirdik”, deydi u.

Matsuno, shuningdek, Yaponiya-Rossiya munosabatlarining yomonlashuvi uchun javobgarlik “butunlay Rossiyada” ekanligini ta’kidlagan.

Eslatib o‘tamiz, Yaponiya Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishiga javoban G‘arb sanksiyalariga qo‘shilgach, Moskva Tokio bilan tinchlik shartnomasini tuzishdan bosh tortdi. Bundan tashqari, Rossiya yaponlarning Kuril orollariga vizasiz sayohatlarini bekor qildi va orollardagi iqtisodiy faoliyat bo‘yicha muloqotdan chiqdi, shuningdek, Yaponiyani "nodo‘stona" davlatlar ro‘yxatiga kiritdi.

Ma’lumot o‘rnida, Rossiya 1905 yilda Rossiya-Yaponiya urushidagi mag‘lubiyatdan so‘ng Saxalinning janubiy qismini Yaponiyaga topshirgan. 1945 yil fevral oyida esa Sovet Ittifoqi Yaponiya bilan urushga kirish evaziga Saxalin va Kuril orollarini qaytarib olgan.


Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 1400 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Yaponiya, Tokio, bilan, bildirdi, chiqdi, kelishuvdan, Rossiya, Yana, norozilik, Bir
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 21:46
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное