Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » KINO YANGILIKLARI

“Opa-singillar”da otalar aybdor(mi?)

“Opa-singillar”dagi Ruqiyaning eri xotinini sal tergab qo‘yganida o‘g‘li bilan kelini bunchalar qiynalib yurmasdi, “Sardorning bevaqt o‘limiga uning dadasi aybdor. Biroz e’tiborli bo‘lganida, u hali ham yashab yurarmidi, giyohvand bo‘lsa ham Sardor yashashga haqli edi, axir”, "Ikromning otasi o‘g‘lini haddan ortiq erkalatganidan u qat’iy qaror qabul qilolmaydigan bo‘lib qolgan...”
Bu “Opa-singillar” serialining erkak qahramonlari haqida muxlislarining fikrlari. Fikrlar qanchalik to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligini serialda ota rollarini ijro etgan ijodkorlarning o‘zidan so‘rab ko‘rsak...
“SERIALDAGI QAYNONANI YuZ FOIZ OQLAYMAN”
Sobirjon Rahimov, Murodning otasi roli ijrochisi: 

Qisqacha ma’lumot:
1941 yil Toshkent shahri, Yunusobod tumanida tavallud topgan.
1969 yilda Teatr va rassomchilik institutini tamomlagan. 
30 yil Muqimiy teatrida faoliyat yuritgan.
1 o‘g‘il 3 qizi, 10 ta nabirasi va 3 ta evarasi bor.
— Agar hayotda roldagi o‘g‘lingizning holatiga tushib qolsangiz qanday yo‘l tutardingiz?

 — Xotinimni uyga qaytarardim, ammo bu yerda ayb ko‘proq kelinimda bo‘lyapti. U uyga qaytishi kerak, chunki uning oilasi, bolalari va eri bor…

 — Kelinini xushlamaydigan, hattoki qaysidir ma’noda nabirasining o‘limiga sababchi bo‘lgan qaynonasi ham bor-ku?! Siz serialdagi turmush o‘rtog‘ingizning qilgan ishlarini oqlaysizmi?

 — Men Ruqiyaning serialdagi har bir harakatini oqlayman, chunki u ayol ro‘zg‘orning sarishtaligiga, oiladagi erkaklarning osh-ovqati vaqtida hozir bo‘lishiga harakat qiladi. Shuning uchun qattiqqo‘llik qiladi. Bu esa ayb emas. Ruqiyaning otasi o‘g‘ilsiz o‘tgan va u otasini kuyovlari qo‘lida qaram bo‘lib qolganidan ezilgan, unga shu narsa tinchlik bermaydi, xolos.

Agar “kelinim” o‘g‘ili bo‘lganida va uyning ishlarini vaqtida bajarganida, “xotinim” hech qachon “kelinim” bilan yomon munosabatda bo‘lmasdi. Bu yerda ayb birgina “xotinim”da emas, “kelinim”da ham.

 — Serialdagi rolingizning fe’l-atvorini ma’qullaysizmi?
 — Albatta, chunki Alovuddin o‘qimishli, diniy va dunyoviy bilimlardan xabardor, hech kimga yomonlikni ravo ko‘rmaydigan odam, qanday qilib bu obrazni yomon deyishim mumkin.
 — To‘g‘ri-yu, ammo bu xotinining gapidan chiqolmaydigan erkak roli bo‘lib qolmaganmi? Tomoshabinlardan rolingizga nisbatan e’tirozlar eshitganmisiz?
 — Yo‘q, u xotinini gapiga kirib ish qiladigan erkak emas. U xotinni so‘kib, urishni yoqlamaydigan inson. Tomoshabinlar ko‘cha-kuyda “shuncha qiliqlariga qaramay, nega biror marta ham xotiningizni urmaysiz?” , deb so‘rab qolishadi. Nega urishim kerak? Xotinga urush,so‘kish uchun uylanmaysiz-ku. Buning ustiga qahramonim bola-chaqali, nabirali, 40-50 yildan beri oilasi bilan yashaydi…

 — Unda nima uchun qahramoningiz xotininiga “Sen bilan o‘tgan umrimga achinaman” deydi? 

 — Bu gap urib-so‘kkandan og‘irroq. Shu gapdan so‘ng “xotinim” butunlay boshqa ayolga aylandi. O‘sha gapni aytish jarayonida stolni uradigan joyim bor edi. Biz buni maslahatlashib o‘zgartirdik. Chunki mening qahramonim birovning ko‘ngliga tegadigan odam emas. Agar u johil odam bo‘lganida, boshidan xotinining javobini berishi mumkin edi.

 — Demak, serialda o‘z hayotingizni o‘ynagansiz, shundaymi?
 — Xudoga shukr, uyimizda tinchlik-xotirjamlik. Urush-janjalga yo‘l qo‘ymayman, rolimga kelsak juda ko‘p joylari hayotimga yaqin.

 “AYoLLAR SIR YaShIRMASA...”
Muhammadali Abduqunduzov, O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq artisti, serialda Sarvar va Sardorning otasi roli ijrochisi: 

Qisqacha ma’lumot:

1952 yil 14 iyul kuni Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan. 

1974 yil Toshkent davlat teatr va rassomchilik san’ati institutini tamomlagan.

2 o‘g‘li va 5 nafar nabirasi bor.                                                                                                
Ko‘pchilik tomoshabinlar serialdagi o‘g‘lingiz Sardor obraziga quyidagicha ta’rif berishadi. “Giyohvand bo‘lsa ham yaxshi bola edi, sevgan qiziga she’rlar aytib berardi, sho‘xliklari o‘ziga yarashardi”, deyishadi. Tomoshabinning unga bo‘lgan mehriga sabab nima deb o‘ylaysiz?
 — Har bir asarda ijobiy va salbiy qahramon bo‘ladi va har doim salbiy qahramon obrazi yaxshi va qiziqarli yoziladi. Ya’ni ijobiy qahramondan ko‘ra salbiy qahramonda imkoniyat ko‘proq bo‘ladi. Tomoshabinlarning mehri tushgan bo‘las, demak aktyor Sardor rolini maromiga yetkazib o‘ynagan.
 — Serialdagi bolalaringizning o‘z farzandlaringizga o‘xshash tomonlari bormi?

 — Hayotda ikkala farzandim ham o‘qimishli. Katta o‘g‘lim — Jahongir Abduqunduzov tadbirkor, uylangan. “Opa-singillar” serialida mening yoshligim obrazini yaratgan. Kichik o‘g‘lim ham oliy ma’lumotli, jurnalist, uylangan. Hayotdagi va serialdagi bolalarim orasida yer bilan osmoncha farq bor.

 — Giyohvandning otasi sifatida yaratgan rolingizga tomoshabinlar turlicha baho berishyapti. “O‘g‘il tarbiyasida qattiqroq bo‘lish kerak edi” deydiganlar ham bor....
— To‘g‘ri. Lekin ko‘p narsa odamning o‘ziga ham bog‘liq. O‘zim choyxonada katta bo‘lganman desam ham bo‘ladi. 5-6 yoshimdan to 10-sinfni tugatgunga qadar choynak tashib, o‘sha yerda yashaganman. Agar irodam bo‘sh bo‘lganda o‘sha yerda hech bo‘lmasa chekishni o‘rganishim mumkin edi. Hamma narsa irodaga bog‘liq. Irodasi mustahkam odam har qanday o‘zini qo‘lga ola biladi.

 — Serialni faqat ayollar emas balki erkaklar ham ko‘rishyapti. Ularga hayotiy tajribangiz va serialdagi rolingizdan kelib chiqib qanday maslahat bergan bo‘lardingiz? 

 — Oiladagi ko‘pincha muammolar ayollarning gap yashirishidan kelib chiqadi. Onalarning farzandiga bo‘lgan mehri uning kamchiliklariga ko‘z yumishiga sabab bo‘ladi. Oqibatda farzand bilganini qilib yuraveradi. Onalarga mening shaxsiy iltimosim: farzandingizda bo‘layotgan salbiy o‘zgarishlarni turmush o‘rtog‘ingizga ayting! Bu sotqinlikka kirmaydi. Erkak kishi oila boshlig‘i, u har qanday vaziyatga real qarab, farzandlar tarbiyasida qat’iyatliroq bo‘la oladi.

“ShUNDAY YIGITLAR BORLIGIDAN FAXRLANAMAN”
Boir Xolmirzaev, Ikromning otasi roli ijrochisi:

Qisqacha ma’lumot:
1961 yil 5 martda tug‘ilgan.
Oilada 10 nafar farzandning ikkinchisi.
Oilali: 3 o‘g‘il bir qizi bor.
Kimdir Ikromni Majnunga o‘xshab yurishini ma’qullasa, kimdir yomonlaydi. “Borib shartta-shartta yuragidagini aytib, qutula qolmaydimi?”, deydiganlar ham bor. Serialdagi Ikromning otasi rolini ijro etgansiz, siz bu fikrlarga nima deysiz?
 — Bu bola birovning ko‘ngliga ozor berishni istamaydi, muhabbatni qadrlaydi. Ikromni tushunish uchun inson kamida uningdek sevgan bo‘lishi lozim, yo‘qsa uni tushunolmaydi.

 — Demak Ikromning shunday yurishini yoqlaysiz? 
 — To‘laqonli yoqlayman, madaniyatli, tarbiya ko‘rgan odamlar shunday qiladi.
 — Hayotingiz yaratgan rolingizga yaqinmi?
 — Onasiz katta bo‘lgan o‘g‘il va qizning mulohazakor otasi roli hayotimga juda yaqin. Taqdirimiz o‘xshash emasu, lekin hayotda ham men xuddi obrazimdagidek fikrlagan bo‘lardim.
 — Bolaning ko‘ngliga qarayversa, u yomon yo‘lga kirib ketmaydimi?
 — Ikrom yomon yo‘lga kirib, giyohvand bo‘lib ketmadi-ku. Balki otasi uning ko‘ngliga qaragani uchun ham shunday tarbiyali yigit bo‘lib yetishgandir. Bo‘lmasa, u qizga “sen bo‘lmasang, boshqasi”, deb ketib qolarmidi. Men o‘zbekning shunday yigitlari borligidan faxrlanaman.
 — Muxlislaringiz tomonidan rolingizga nisbatan qanday fikrlar bo‘ldi?
 — Faqat ijobiy gaplar eshitdim. Ziyoli odam aql bilan ish qiladi. Har bir narsaning o‘z vaqti soati borligini biladi. Xotini ketib qolsa, uni majburlab qaytarib olib kelmaydi, aksincha o‘ylab olishiga imkon beradi. Serialdan so‘ng qaerga borsam, muxlislar o‘zlarining qarindoshlaridek kutib olishyapti. Haqiqiy o‘zbek ziyolilarini ko‘rsatsa ham bo‘lar ekan-ku, degan gaplarni ham eshitdim.
 — Serialning muvaffaqiyati nimada deb o‘ylaysiz?
 — Aktyorlarning to‘g‘ri tanlanganligida.

 
 Feruz MAMATOV suhbatlashdi (darakchi.uz)


Категория: KINO YANGILIKLARI
Просмотров: 7540 | Комментарии: 3 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Opa-singillar, Serial, kino
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 3
5657915 Yaxwi serialu lekin choziwvordida oxirgi paytlarda
Like | 0
guli101192 Zorgo qayta magan jaqti
Like | 0
NuR_KR Shu serialni juda yomon ko'raman voqealarni ja chozivoriwdi
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 01:00
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное