Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Qish Sanatasi-Soundtreck
. IRIS-soundtreck [New 2012]
. Qo'rqmas - soundtreck 2
. Choli Qushi-soundtreck
. Saroy Javohiri-Soundtreck5
. Qaqnus - Soundteck (korea)
. Tabib-Nadin kal kai (soundtreck koreya)
. Ziyoda-Super Qaynona [soundtreck]
. Ishq Ertagi - Title sound
. Qirolicha - Soundterck
. Yoqotilgan Yillar-Soundtreck2
. Ayol Qalbi - You can't say
. Ishdagi Ishq - Моей душе покоя нет
. Qalbim Chechagi-soundtreck2
. Titanik-soundtreck
Главная » Файлы » SEVGI DUNYOSI

Xotinimning Dugonasi (hikoya)

O‘ta charchaganingda ko‘zingga hech narsa ko‘rinmay qolarkan.
Ayniqsa, menga o‘xshab ko‘p pul ishlash ilinjida, kechayu kunduz ishlasang. Shu darajada horib kelamanki, ba’zida bolalarimning ovozi qulog‘imga karnayning bemahal yangragan navosidek, xotinimniki nog‘oranikidek yoqimsiz eshitiladi. Qulog‘imni qomatga keltiradi.
Yana meni yomon ota va er deb o‘ylamang. Agar shunday bo‘lsa, ertalab soat sakkizdan kechki sakkizgacha do‘konda sotuvchi, kechki o‘n ikkidan ertalabki oltigacha salqin ichimliklar ishlab chiqaruvchi sexda oddiy ishchi bo‘lib ishlarmidim?! Albatta, bu mehnatlarim oilamning yorig‘ini yopish uchun-da!
Xotinim boshqalardan kam kiyinmasin, bolalarim o‘rtoqlari orasida mung‘aymasin, deya shirin uyqudan kechib ishlayman. Yomon tomoni, uyga kelgan paytim ko‘zimga faqat yostiq ko‘rinadi. Boshqa nima ham bo‘lsin? Kechki sakkizda do‘kondan chiqib, uyga kelib, ovqatlangunimcha soat millari yugurgilab to‘qqizga borib oladi. Bunaqa paytda shunaqa tez yuradiki...
To‘qqizdan o‘n bir yarimgacha yota solib uxlab olaman. So‘ng yarim tunda ikkinchi ishxonamga yo‘l olaman. Ochig‘i, salqin ichimliklar ishlab chiqaruvchi sexdagi yumushim u qadar mushkul emas. Yelim idishlarni to‘ldirish uchun ichimlik tushadigan jo‘mrakka tutib tursam bo‘lgani. Qancha idish to‘ldirganimga qarab, maosh to‘lashadi. Ko‘p emas, kam emas bir oyda bu ishim uchun to‘rt yuz ming so‘mlar atrofida maosh olaman. Sotuvchiligim uchun esa sakkiz yuz ming so‘m. Mana shu ikki joydan topgan daromadim ro‘zg‘or atalmish g‘orga amallab yetadi. Haliyam xotinim pishiq. Shu puldan ham orttirishga, yig‘ishga harakat qiladi. Chunki yashayotgan uyimiz bir xonali.
·         Hech bo‘lmaganda ikki xonaliga almashtirsak, zo‘r bo‘lardi, — deydi ba’zida jamg‘arganlarini sanay turib.
Biror joyda ishlamasa, uyga bir so‘m olib kelmasa ham mening mehnatimni qadrlayotganidan, o‘zimni avaylayotganidan xursand bo‘laman.
Shukrki, ishdan kelishim bilan dasturxon yozib, ovqatimni oldimga qo‘yadi. Keyin joyimni solib, bolalarni jim qiladi:
·         Bo‘ldi, jim o‘tiringlar, dadang uxlab olsin, “smen”ga ketadi.
Biri olti, biri to‘rt, keyingisi ikki yosh bo‘lgan kichkintoylarimni jim qilish oson emas. Ba’zida endi ko‘zim shirin uyquga ilingan payti rafiqamning shang‘illagani eshitiladi:
·         Men nima dedim senga? Jim o‘tirsang, o‘lasanmi? Dadang uxlayapti, mol!
·         Bolalardan ham ko‘ra sening ovozing oshib tushdi, — to‘ng‘illab qo‘yaman.
Uyqu aralash gapirganim uchun eshitmaydi ham. Koyishda davom etayotgan odam qayoqdan ham eshitsin!
Ertalab ham shu ahvol. Kelaman, ovqatlanaman va uxlayman. Kam dam olganim sabab, ayolim g‘ing etmay uy yumushlarining barchasini o‘zi qiladi. Uyning hamma ikir-chikiri uning bo‘ynida. Bozorlik qilishdan, jo‘mrak tuzatishgacha.
Hayotimiz uzun yo‘ldagi aravaning g‘ildiragi kabi bir maromda aylanaveradi. Shu turmushga ko‘nikib ham qoldik. Toki uyga kutilmagan mehmonlar kelguncha...
Shu desangiz, bir kuni o‘lgudek horib keldim. Do‘konga mol kelgani uchun tushlikkacha ularni tashishga ham ancha vaqt va kuch sarflagandik. Uyga sillam qurib keldim. Kirishim bilan eshitilayotgan shovqindan o‘zimni yo‘qotdim. Bolalarning g‘ala-g‘ovuri pod’ezdga ham eshitilib turgandi-ya!
·         Dugonam kelgan, dadasi... — eshikni ocha turib shipshidi xotinim.
·         Yaxshi bo‘libdi-da! — dedim parvo qilmay.
Ammo uyga kirgach, ochig‘i ayolni tanimadim. Oq-sariq, to‘ladan kelgan, ikki yuzi qip-qizil, gavdali bu mehmon xotinim bilan yonma-yon tursa aslo dugonasiga o‘xshamasdi.
·         Hilola dugonam. Tanidingizmi? — dedi xotinim anqayib qolganimni bilib.
·         Yo‘-o‘-o‘q, — dedim rostiga ko‘chib.
·         Voy, ana tanimadilar, — og‘zini lo‘ppi kafti bilan yopib kuldi mehmon.
·         Unaqa demang, xafa bo‘ladi. Eng yaqin dugonam. Hilol-chi? — eslatishga urindi ayolim. — To‘yimizda “sviditilim” bo‘lgan. Sizning o‘rtog‘ingiz bilan birga, to‘rtalamiz suratga tushgandik. Haligi o‘rtog‘ingiz to‘yimizdan keyin ham Hilolni so‘rab qo‘ymagandi. Siz “Davay, ikkalasining boshini qo‘shamiz. Keyin yuramiz, bordi-keldi qili-i-ib”, degandingiz.
·         Ha, siz o‘sha Hilolamisiz? — dedim eslagandek bo‘lib. Chunki u qiz bilan buning orasidagi farq meni chalg‘itayotgandi.
·         Ha, turmushga chiqdik, ikkita bolani tug‘dik. Katta xotin bo‘lib ketdik-da!
“Juda kaa-a-atta xotin bo‘libsiz-da”, dedim ichida va yuvingani kirib ketdim. Chiqqach, ovqatimni yeya solib, uxlash uchun joy qidirdim. Odatda bunaqa paytda bolalarim “balkon”da bo‘lar, o‘ynab-o‘ynab bo‘lgach, gaz plitasi ko‘chirilgani hisobiga bolalar xonasiga aylangan, aslida oshxona bo‘lgan makonlariga kirib uxlab qolishardi. Men esa yagona xonamiz bo‘lgan “zal”ga kirib, xotinim hozirlab qo‘ygan joyga cho‘zilardimu shirin uyquga ketardim. Bugun mehmon borligi sabab, ovqatni “balkon”da emas, “zal”da yedim. Yotib uxlay desam, joy hozirlanmagan. Og‘zimni kappa-kappa ocharkanman, xotinimga ma’noli qarab qo‘ydim. U dugonasining yonginasida o‘tirib olib, allaqaysi siyqasi chiqib ketgan serialni o‘zgacha ishtiyoq bilan tomosha qilyapti. Xuddi yangi film ko‘rayotgandek bir-biri bilan muhokama ham qilib qo‘yadi.
·         Bugun ish ko‘p bo‘ldi. Rosa charchadik, — dedim tomoq qirib olarkanman.
·         Dugonam bir kelib qolibdi, picha o‘tiring. Yozilib ketay deb kelgan. Eri odam emas ekan. Urmoqchi bo‘libdi, uni. Oson emas unga ham. Keyin bolalarning xonasiga kirib uxlab turarsiz... — dedi ayolim televizordan ko‘z uzmay.
Ikkalasining televizor tomosha qilishiga biroz termulib o‘tirishga majbur bo‘ldim. So‘ng tag‘in ming‘irladim:
·         Sizlar serial ko‘raveringlar, men chiqdim u xonaga.
Bolalar xonasida kichkintoyimiz uxlab yotgan ekan. Uning yoniga cho‘zildim. Qani uxlay olsam. “Balkon”dan to‘rt bolaning baqir-chaqiri, “zal”dan serialning ovozi kelib, to‘g‘ri miyamga urilayotganga o‘xshardi. Zo‘rg‘a ko‘zim ilindi, deganimda bolalardan biri xonachaga yugurib kirib, hammasini barbod qilardi. Xullas, o‘sha kuni dam ololmadim. Ko‘zimga yostiq ko‘rinib, zo‘rg‘a kechki ishimga ketdim. Bunaqada ishlab bo‘larmidi? Bir necha marta idishni to‘g‘ri tuta olmay, suvni to‘kib yuborgan paytlarim bo‘ldi. Qanday ishlaganimni bilmayman Xullas, tongda uyga kelsam, xotinim “balkon”ga joy qilib qo‘ygan ekan.
Ishga ketishda choy icharman, deya o‘zimni o‘ringa tashladim-u, yarim soatda qo‘zg‘alishga majbur bo‘ldim. Chunki ayolim gaz plitasi yonida tiqir-tiqirini boshladi. Keyin dugonasi ham chiqdi. Undan keyin bolalar. Bunaqada uxlab bo‘larkanmi?
To‘g‘risi, kunduzi do‘konda og‘zim ochilishdan, ko‘zlarim yumilishdan charchamadi. Savdoda adashib ham ketdim.
“Bora solib, ovqat ham yemay uxlayman. Hech narsa qiziqtirmaydi meni. Avvalosi, dugonasi ketgandir, ham...”
Shirin xayollari bilan pod’ezdimizga qadam qo‘ydim-u, kayfiyatim tushdi. Hamon o‘sha shovqin, o‘sha to‘polon ko‘chagacha eshitilib turardi. O‘zimni zo‘rlab, jilmayishga harakat qilib uyga kirdim. Xotinim darhol ovqatni olib keldi. Lekin uxlashim yana kechikdi. Ertasiga esa ovqatim ham kech kelsa deng. Dugonasidan allanimalarni o‘rganayotgan xotinim undan keyingi kun eshikni ham kechikib ochdi. Yaxshi narsalarni o‘rganayotgan bo‘lsa ham mayli. Tirnoq o‘stirish, sochni sarg‘aytirish, qoshni bir yil ketmaydigan qilib bo‘yash, labni chuchchaytirish...
Xullas, oddiygina, mehnatkash, mulohazali xotinim bir hafta ichida oynaga qarashdan, pardozdan bo‘shamaydigan tannoz xotinlar qatoridan joy olishiga oz qoldi. Tag‘in nima deydi deng.
·         Dadasi, ko‘proq pul topmasangiz bo‘lmaydi. Bu safar har oydagidek pul jamg‘arib qola olmadim. Bolalar katta bo‘lyaptimi?
“Bir haftada bolalar katta bo‘lib, ko‘p ovqat yeb qolarmidi, ovsar? Besh jondan sakkiz jonga aylangan bo‘lsak, yana sen go‘zallik saloniga pulni sovurib kelayotgan bo‘lsang!” — deya shunaqayam baqirgim keldi.
Afsus, xotinimning dugonasiga tegib ketmasin deb, ichimga yutdim. Ko‘ngli nozikmish. Eri xafa qilaverib, injiq qilib qo‘yganmish. Hech bo‘lmaganda biznikida yayrab yashab tursin emish...
Shunaqa gaplar keldiki...
Oxiri bo‘lmadi. Paytini poylab ayolimga shivirladim:
·         Dugonang ketmaydimi? Bir xona uyda siqilib ketdik-ku!
·         Ji-i-im eshitib qoladi. Arazlab kelgan. Eri urmoqchi bo‘libdi...
·         Nima? Biznikiga arazlab keladimi? Otasinikiga borsin...
·         Otasi o‘ldiradi-da! Nomus qiladi. Qaynonasi ham tinmay o‘g‘lining yonini olarmish. Hilolani tanballikda, epsizlikda, befarosatsizlikda ayblarmish...
·         To‘ppa-to‘g‘ri diagnoz qo‘yarkan, lekin qaynonasi... — deganimni bilmay qoldim.
·         Ji-i-im! “Erim izlab qon bo‘lsin, tavbasiga tayansin”, deya atay biznikiga kelgan. Faqat onasi biladi, bu yerdaligini...
·         Eri mazza qilib o‘tirgandir, bir o‘zi... Xohlasa uxlaydi, xohlasa ovqat yeydi. Yoniga borsam bo‘larkan... — xo‘rsinib oldim.
·         Sabr qiling! Bir umr qolmaydi-ku, shu yerda. Boshiga tashvish tushganda!
·         Men-chi? — tishlanib dedim.
Bu gaplar xotinimga ta’sir  ham qilmadi. Dugonajonimiz esa ketay ham demasdi. Bora-bora toqatim tugab, “uf” tortadigan, keyin bolalarga baqiradigan ham bo‘ldim. Qani, ta’sir qilsa... Qizarib ham qo‘ymasa deng.
Xotinimni siquvga oldim. Yo‘q, uyam dugonasi kabi bezga aylangan. Mening charchayotganim, kam dam olayotganim xayoliga ham kelmaydi. Alamdan vannaxonadiga narsalarni taraq-turuq qilib ham, xotinimni koyib ham ko‘rdim. Foydasi yo‘q...
Ochig‘i, uyga borgim kelmay qoldi. Lekin qayoqqa ham borardim?
·         Ozib ketding, bolam... — dedi bir kuni sexda qorovul bo‘lib ishlaydigan bobo. — Ishing og‘irmi?
·         E-e-e, so‘ramang... — dedim dardimni tinglaydigan odam topilganidan xursand bo‘lib.
·         Shuniyam o‘ylab yuribsanmi? — dedi bobo kulib. Buning yo‘li oson. Xotiningning yonida o‘sha dugonasini maqta! Qarabsanki, uning o‘zi dugonasini daf qiladi...
 Umrimda begona ayollarga mulozamat qilmaganim uchun bu ish qo‘limdan kelishiga ishonmadim. Lekin uyga borgach, ko‘zimga hech narsa ko‘rinmadi. Asta xotinimga dedim:
·         Dugonangga “dom” yoqdi. Chiroyi ochilib, ozib ham qoldimi-ey! Ishqilib, kelganidan ancha go‘zallashdi... Yo avval e’tibor qilmagan ekanmanmi?
Mendan hech bunaqa gapni kutmagan xotinim g‘alati qarash qildi. Lekin hech narsa o‘zgarmadi. Menam bo‘sh kelmadim. Dasturxon ustida Hilolaning o‘ziga dedim:
·         Boja sizni ko‘rsa, qaytadan sevib qoladi. Ochilib ketyapsiz. Har ko‘rganda tanimay qolyapman. Avval ham go‘zal edingiz, endi yanayam...
Xotinimning gezarib qolganini bildim. Dam olgani chiqishim bilan orqamdan ergashdi:
·         Ha-a-a, ikki kundan buyon dugonam ko‘zingizga chiroyli ko‘rinib qoldimi?
·         Chiroylini chiroyli deydi-da! — parvo qilmadim.
Ishonasizmi, kechki payt quloqlarimga ishonmadim. Pod’ezdimizgi yetganda to‘xtab quloq tutdim, uyimizga. Tinch. Eshikni taqillatishim bilan ayolim gul-gul yashnab kutib oldi:
·         Yaxshi keldingizmi, dadasi? Ovqat tayyor! Sizam charchab ketdingiz. Ovqatlangandan yotib uxlang. O‘zi bo‘ladimi, kechayu kunduz ishlashning. Hilola ham ja befarosat chiqdi. Amallab dumini tugdim. Tavba, borishga boshqa joy quriganmi, unga? Arazlaguncha, eringning ko‘ngliga qara! O‘ting, dadasi...
Kulgim qistaganidanmi, xursandligimdanmi lab-lunjimni yig‘ishtira olmay qoldim...
KAMINA



Eslatib o‘tamiz, xar yakshanba muxlislar kuni bo‘lib, o‘z muammo yoki ko‘ngil kechinmalari bilan bo‘lishib, keng omma bilan xal qilishga imkoniyatingiz bor.
tarona.net@bk.ru pochtasiga voqea yoki muammoingizni yozib yuborishingiz yoki @TaronaSupportBot manziliga telegramdan voqeangizni yuborishingiz mumkin.
Bunda sizni telefon raqamingiz ko‘rinmasligi va sizni voqeangiz anonim tarzda chop etilishiga kafolat!
Diqqat! Saytga chop etilib bo‘lingan maktub keyin talabga binoan olib tashlanilmaydi!
Voqeangiz sayt orqali keng ommaga chiqishi va xalqdan turli maslaxatlar bo‘lishini bilib turib jo‘natdingizmi, o‘zingiz kutmagan va yoqtirmagan maslaxatni olib keyin olib tashlang deyish mantiqsiz!
Категория: SEVGI DUNYOSI
Просмотров: 32943 | Комментарии: 7 | Рейтинг: 1| Рейтинг: dugona, xotin, Xotinimning Dugonasi
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 7
Asila1992 Qoyil hikoya yaxshi ota zor maslahat beribtila lekin o'sha erkakka maslahatim oilangiz uchun vaqt ajrati ayol uchun erini etibori muhim ish deb ayolizni etiborsiz qoldirma
Like | 0
Terminator Sizga kotta maslahatim qorovul dodaga raxmat etin
Like | 0
xabib9997 manosi yoq xikoya.
Like | 0
Sanam1747 Malades qoyil lekn :p
Like | 0
Damir_95_ E mijĝov er ekan bu erkay yoxmadi manga
Like | 0
diyar347 Zo'r hikoya ekan, bir vaqtlar manam nochnoy smenda ishlaganman, sizni axvolizni juda yaxshi tushunaman, B)
Like | 0
Dilso'z пишет: | 18.09.2015 | 20:10 #1 Страница с комментарием
omina1710 Sizni asabiz tugapti xotiniz b.n o'tirib gaplashib oling xa aytgancha oilezga vaqt ajratmas ekansiz faqat ishmas hayotda, oilezga mehr bering, bitta ishizdan birozga ozod bo'ling asabizi tinchlantirib olasiz. Anu dugonasini erini topib aytin olib ketsin yursa yuroradida, hamma o'zini oilasi b.n bo'lgani yaxshi yomon kunida ham yaxshi kunida ham.
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 08:11
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное