Gonkongda keksa erkak falaj bo‘lib qolgan xotinini yoqmoqchi bo‘ldi
Gonkongda 60 yoshli erkak o‘zining falaj bo‘lib qolgan xotinini yoqmoqchi bo‘ldi, deb xabar bermoqda The South China Morning Post. Qayd etilishicha, uning 53 yoshli xotini bir necha yil oldin infarktni boshidan o‘tkazgach, to‘shakka mixlanib qolgan.
Erkak rafiqasining azoblariga barham berish uchun uning ustiga aralashma suyuqlik quyib, yoqib yuborgan. Bir necha daqiqadan keyin esa u fikridan qaytgan va alangani o‘chirgan, shuningdek, politsiyaga qo‘ng‘iroq qilib, qilgan ishini tan olgan.
Tanasining ba’zi qismlari kuygan ayol shifoxonaga olib borilgan, uning ahvoli barqaror, deb baholangan. Politsiya erkak so‘nggi yillarda unga g’amxo‘rlik qilib kelganini, buning uchun hatto restorandagi ishini tashlaganini ham aniqlagan. Hozirda juftlikning bolalari izlanmoqda, ular bir necha yil oldin ota-onasining uyidan ketgani aniqlangan. Erkak qotillikda urinishda ayblanmoqda.