O‘zbekiston OTJ Gonkongni yirik hisobda yutib, chorak finalga chiqdi
O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Osiyo o‘yinlari nimchorak finalida Gonkongga qarshi maydonga tushdi.
O‘yin to‘liqligicha vakillarimizning ustunligi ostida o‘tdi. 27-daqiqada Ikrom Aliboyev uzoqdan chiroyli zarba yo‘llab, hisobni ochdi. Birinchi bo‘lim oxiriga yaqin Gonkong terma jamoasi a’zosi Pui Xong Yu Akrom Komilovga nisbatan ishlatgan qo‘polligi uchun qizil kartochka bilan jazolandi.
Ikkinchi bo‘limda bir kishi ko‘p bo‘lib harakat qilgan futbolchilarimiz raqib darvozasini yana ikki bor ishg‘ol qilishdi. 60-daqiqada Javohir Sidiqov, 65-daqiqada Zabihullo O‘rinboyev Gonkong darvozasiga gol kiritishdi. Har ikkala golga Doston Hamdamov assistentlik qildi.
Endi O‘zbekiston OTJ chorak finalda Eron - Janubiy Koreya g‘olibiga qarshi maydonga tushadi.
Gonkong OTJ: Xo Chun Yuen, Vang Kit Sui, Xok Ming Lau, Lilley Nunez, Chun Lok Tan, Remi Dujardin, Vai Keng Chung, Ka Vai Lam, Chun Ming Vu, Pui Xong Yu, Tarres Paramo.
Chetlatish: Pui Xong Yu (43).