Qashqadaryoda erkak avval xotinini o‘ldirdi, keyin esa...
Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida kecha dahshatli qotillik yuz berdi.
IIV ma’lumotlariga ko‘ra, 26 fevral kuni soat 12.00 larda tumandagi Oq tunli qishlog‘ida yashagan, “Suvliq” fermer xo‘jaligi ishchisi, 36 yoshli S.Qilichev uyida turmush o‘rtog‘i, 32 yoshli G.Narzullayeva bilan janjallashadi.
Qattiq mast bo‘lgan S.Qilichev dastavval ayolni kaltaklaydi, so‘ng bo‘g‘ib o‘ldiradi.
Shundan so‘ng uyning hojatxonasida o‘zini osib o‘ldiradi.