Erkak narkotik sotib olish uchun xotinini fohishalik qilishga majburlab keldi…
“MY5” telekanali xabariga ko‘ra, manzili, ismi-sharifi sir tutilgan erkak narkotik sotib olish, shu yo‘l bilan o‘zining shaytoniy nafsini qondirish uchun xotinini fohishalik qilishga majburlab kelgan. Narkodispanser vakilasining aytishicha, erkak xotiniga sevib uylangan. Shunga qaramay, bu erkak faqat va faqat narkotikka pul zarurligi sababli suyukli xotinini begona erkaklarga qo‘shib bergan. Yaqinda ayolning “mijoz”lari erkak do‘st deb bilganlar bo‘lib chiqdi. Shunda narkoman er do‘stlarning oldida sharmanda bo‘lmaslik uchun xotinini shafqatsizlarcha kaltaklab, barchasiga ayolning o‘zi aybdor deya ayuhannos solgan. Xayriyat, huquqni muhofaza qilish tashkiloti, jamoatchilik qiynalganlarni, xo‘rlanganlarni tashlab qo‘ymaydi. Yaramaslarning jazosini ham berib qo‘ya oladi. Hozir bu xo‘rlangan ayol jamoatchilik himoyasiga olingan. Vaziyatni huquqni muhofaza qilish tashkiloti xodimlari nazorat etishmoqda.