Toshkentda mast qizlar 18 yoshli dugonalarini do‘pposladi
Toshkentning Yunusobod tumanida dugonalarning o‘tirishi to‘polon bilan yakunlandi. Natijada o‘tirishda ishtirok etgan qizlardan biri shifoxonaga yotqizildi, ikkitasi qamoqqa olindi.
Tuman IIB tergov bo‘limi katta tergovchisi Nodirbek Fayzievning ma’lum qilishicha, 1997 yili tug‘ilgan Nazokat Sobitova 1990 yili tug‘ilgan Anora Ubaydullayeva bilan Yunusobodning 11-dahasida istiqomat qilib kelgan. Bir kuni ularning uyiga Salima Masharipova va Munira Mannopovalar memhonga kelgan. Sobitovadan boshqa Qizlar spirtli ichimliklar iste’mol qilib, mast bo‘lib qolgan.
Salima va Anora dastlab o‘zaro janjallashib qolib, so‘ng Nazokatga hujum qila boshlagan. Shu bois Munira yosh qizni o‘z uyiga olib ketgan.
Ammo yarim kechasi ikki dugona Muniraning uyiga borib, Nazokatni kaltaklay ketgan. Uch dugona Nazokatni o‘z uyiga olib borib, ertalabgacha do‘pposlagan. Salima Nazokatning burnini sindirgan.
Salima va Munira o‘z uylariga ketgan, Anora esa uxlab qolgan. Ertalab turib, Nazokatning qonga belanib yotganini ko‘rib, qilgan ishlaridan qo‘rqib ketgan. Voqea joyiga yetib kelgan shifokorlar jabrlanuvchiga birinchi tibbiy yordamni ko‘rsatib, shifoxonaga olib ketgan.
IIB xodimlari Salima Masharipova va Anora Ubaydullayevani qo‘lga olib, ularni jazoga tortgan.