Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » TEXNOLOGIYA

WhatsAppdan yangi imkoniyat – “Qo‘ng‘iroqlar xizmati”

WhatsApp ilovasi bugungi kunda insonlar orasida ommalashib bormoqda. To‘g‘ri aynan shu turdagi boshqa ilovalar ham bor, ammo WhatsAppdan foydalanayotganlar ham ko‘pchilikni tashkil etadi. Agar oramizda WhatsApp foydalanuvchilari bo‘lsa, u holda ularga yaxshi bir yangilik bor! Endilikda siz WhatsAppda qo‘ng‘iroqlar qabul qilishingiz mumkin. 
Bu yangi xususiyat sizga internet aloqalaringiz  bo‘yicha tanlash, erkin qo‘ng‘iroq qilish imkoniyatini beradi. Siz mazkur imkoniyatni yangilagan yoki o‘rnatgan barcha kontaktlaringizga qo‘ng‘iroq qilish va ulardan qo‘ng‘iroqlar qabul qilib olishingiz mumkin, ammo tezkor qo‘ng‘iroqlarni amalga oshira olmaysiz. Qo‘ng‘iroq qilish imkoniyatiga ega bo‘lish uchun qurilmangizda 2.12.5 yoki undan keyingi versiyalarga ega bo‘lishingiz  kerak. Bu imkoniyati hali iOS da mavjud emas, ammo keyinroq yo‘lga qo‘yilishi kutilmoqda.
WhatsAppning qo‘ng‘iroq imkoniyati foydalanish uchun juda oddiy. WhatsAppni ochganingizda uchta variantga ko‘zingiz tushadi; Qo‘ng‘iroqlar, Chat va Kontaktlar. “Qo‘ng‘iroqlar” tugmasi tagida kirish va chiqish qo‘ng‘iroqlarining ro‘yxati, ularning sanasi va vaqtini ko‘rishingiz mumkin. Qo‘ng‘iroqni amalga oshirish uchun sizga kerakli inson bilan chatni ochasiz va ekraningizning burchagida joylashgan telefon tugmasini bosasiz.
Qo‘ng‘iroqni qabul qilayotganingizda, kirish qo‘ng‘irog‘i ekranini ko‘rishingiz mumkin. Siz qo‘ng‘iroqni qabul qilish uchun yashil tugmani, rad etish uchun esa yashil tugmani bosishingiz mumkin. Shuningdek, qisqa xabar yozish uchun xabar tugmasini bossangiz bo‘ladi.
Masala shundan iboratki, bu taklif omadga erisharmikan? Buning uchun salohiyat mavjud, chunki siz WhatsAppda turib qo‘ng‘iroq qilish imkoniyatiga ega bo‘lasiz, buning uchun qo‘shimcha ilovalarni yuklab olish shart emas. Boshqa tarafdan esa, ko‘pchilik allaqachon boshqa ilovalardan foydalanmoqda (WhatsAppdan foydalanayotgan do‘stlari bo‘lmasligi ham mumkin) yoki hali foydalanilmagan daqiqalarga ega bo‘lishlari mumkin.
Nima deb o‘ylaysiz, WhatsApp taklif etayotgan bu imkoniyat muvaffaqqiyatga erisharmikan? Fikrlaringizni kutib qolamiz.
Manba:xabardor.uz


Категория: TEXNOLOGIYA
Просмотров: 5234 | Комментарии: 3 | Рейтинг: 1| Рейтинг: Qo‘ng‘iroqlar xizmati, WhatsApp
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 3
Rashidxon_1993 iPhone da qachon bo'ladikan
админbu haqida habar kelsa albatta ma'lum qilamiz.
Like | 0
Ahrorbek63 sinab ko'ramiz
Like | 0
qaxramonov1994 QachoN buladi bu yangilik juda ajoyib yanglik xursandman
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 14:44
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное