Dunyo bo‘yicha WhatsApp lahzali xabar almashish dasturi
foydalanuvchilari soni 400 millionga yetdi. Bu haqda servisning asoschisi va bosh direktori Yan Koum WhatsApp rasmiy
blogida ma’lum qildi.
Xabarda
keltirilishicha, so‘nggi to‘rt oy ichida dasturdan foydalanuvchi kishilar 100
million nafarga ko‘paygan. Bunda WhatsApp’da shunchaki ro‘yxatdan o‘tgan
kishilar emas, balki undan har oy faol foydalanadiganlar hisobga olingan. "Hali
hech qaysi mobil messenjerda bunday ko‘rsatkich qayd etilmagan”, — deb yozadi
Yan Koum.
Eslatib
o‘tamiz, oktabrda ikki oy ichida WhatsApp messenjerining oylik auditoriyasi 50
millionga ko‘payib, 350 millionni tashkil etgani haqida xabar bergan edik.
2013-yilning
avgustida e’lon qilingan statistik ma’lumotlarga ko‘ra, WhatsApp dasturi orqali
har kuni 31 milliard dona xabar va 325 million fotosurat yuboriladi.
Eslatib
o‘tamiz, WhatsApp dastur ichida reklama ko‘rsatmasligi bilan taniqlidir. Biroq
"Bilayn-O‘zbekiston” tijorat direktori Dmitriy Grigoryev uni reklama
ko‘rinishida keraksiz trafik yuborish orqali abonent hisobidagi trafikni
ayovsiz "yeyish”da ayblagan edi. Bunga javoban WhatsApp asoschisi va bosh
direktori Yan Koum dasturga reklamalar joylashtirilmasligini va dastur hech
qanday "reklama ko‘rinishidagi keraksiz trafik”ni yemasligini ma’lum qilgan edi.