Bugun, 15 sentabr kuni O‘zbekiston milliy to‘lov tizimi «Uzcard» faoliyatida uzilishlar paydo bo‘ldi. Bu haqda «Uzcard» xabar berdi.
Qayd etilishicha, 15 sentabr kuni soat 18:52 dan boshlab protsessing markazidagi POS, E-POS terminallari va ATM qurilmalarida texnik nosozliklar kuzatilmoqda.
«Uzcard» buning uchun iste’molchilardan uzr so‘ragan.