O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 19 sentyabrda «Milliy to‘lov tizimini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorni imzoladi. Bu haqda «O‘zA» xabar berdi.
Qarorga asosan, to‘lovlar davomiyligini ta’minlash, sohaga innovasion mahsulotlarni jalb etish, mavjud bank xizmatlari va to‘lov xizmatlari bozorida raqobatni rivojlantirish, bu boradagi muammolarni bartaraf etish, shuningdek, Harakatlar strategiyasida belgilangan ustuvor yo‘nalishlar ijrosini ta’minlash maqsadida yurtimizda Milliy banklararo protsessing markazi tashkil etiladi.
Ushbu qarorga «Uzcard» to‘lov xizmati bilan bog‘liq muammolar sabab bo‘lgani aytilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 15 sentabr kuni «Uzcard» tizimi ishlamay qolgan va 18 sentyabrdan yana qayta ishlay boshlagan edi.