Yagona umumrespublika protsessing markazi (UzCard) hamda Yagona xalqaro protsessing markazi (GlobUz) o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
“UzCard” hamda “GlobUzCard” tizimining plastik kartalari banklararo amaldagi va shakllanayotgan banklararo chakana savdo infrastrukturasida o‘zaro xizmat ko‘rsatadi, deya xabar beradi Uzcard.uz sayti.
Malumot o‘rnida, Uzcard banklararo to‘lov tizimining asosiy elementi mikroprotsessorli plastik kartalar bo‘lgan, pul to‘lovlarini elektron ko‘rinishda amalga oshirish uchun mo‘ljallangan hududiy to‘lov tizimi hisoblanadi.
“GlobUzCard” joriy yilda o‘z faoliyatini boshlagan yangi plastik kartalarga asoslangan to‘lov tizimi hisoblanadi.