Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » TEXNOLOGIYA

UZCARD: plastik kartochkalarning imkoniyatlari kengaymoqda

Milliy matbuot markazida O‘zbekiston respublikasi Markaziy banki tomonidan tashkil etilgan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Milliy to‘lov tizimini takomillashtirilishi va plastik kartochkalari qo‘llaninilishini kengaytirilishiga bag‘ishlangan anjumanda O‘zbekiston Markaziy banki, mamlakatimiz tijorat banklari, Yagona Umumrespublika Protsessing Markazi mutaxassislari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.
Uchrashuv davomida Markaziy bank mutaxassislari tomonidan O‘zbekistonda elektron hamyondan to‘lovlarni uzluksiz qabul qilish uchun tijorat banklari tomonidan 163 mingdan oshiq chakana savdo va xizmat ko‘rsatish korxonalari to‘lov terminallari bilan ta’minlangani ta’kidlab o‘tildi. To‘lov terminallarini chekka hududlardagi chakana savdo va xizmat ko‘rsatish ob’ektlariga ham o‘rnatish, eskilarini yangisi bilan almashtirish choralari ko‘rib borilmoqda. Aholi gavjum joylarda 2 mingga yaqin ko‘pfunksiyali infokiosk va bankomatlar o‘rnatildi.
Plastik kartochka egalari undan universal to‘lov vositasi sifatida foydalanib, kundalik ehtiyoji uchun zarur bo‘lgan oziq-ovqat va maishiy mahsulotlar, pullik, shuningdek, kommunal xizmatlar uchun to‘lovlarni har qanday masofadan turib, istalgan vaqda amalga oshirishlar mumkin. Bunday qulaylik savdo va servis sohalaridan tushumlardagi ulushni 50 foizga yetkazish, oxirgi besh yil mobaynida esa butun to‘lovlar hajmini 3 marta oshishiga sharoit yaratdi. Ta’kidlash o‘rinliki, hozirgi paytda har oyda o‘rtacha 1,8 trln so‘mdan ortiq tovarlar va xizmatlar, shuningdek, 187 mlrd so‘m miqdoridagi kommunal to‘lovlar elektron tizimlar orqali amalga oshirilmoqda.
Qayd etish lozimki, bugungi kunda ish haqi va ijtimoiy to‘lovlarning bir oyda o‘rtacha 50 foizdan ortig‘i plastiklarga tushirib berilmoqda va zarur hollarda, mijozlarning talabiga ko‘ra, bank kassalaridan naqd pulda berib borilmoqda.
Plastik kartochka infratuzilmasining kengayib borishidan yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar ham manfaat topmoqda. Bugungi kunda 73 mingdan oshiq tadbirkorlik tuzilmasi o‘zlarining ichki xo‘jalik ehtiyojlari uchun tovar va xizmatlarni sotib olish hamda xizmat safari xarajatlari bo‘yicha tezkor hisob-kitoblarni amalga oshirmoqdalar. Korporativ kartalar xo‘jalik sub’ektlariga dam olish kunlari yoki bank ish kunidan tashqari paytda ham terminallar orqali to‘lovlarni amalga oshirish imkonini beradi.
Naqd pul muomalasini takomillashtirishda iqtisodiy rivojlangan mamlakatlar tajribasi hisob-kitoblarni plastik kartochkalar asosida amalga oshirish afzalligini ko‘rsatdi. Hisob-kitoblarni naqdsiz shaklda amalga oshirishga o‘tish banklarni banknotalar chop etish, tashish, sanash, qog‘ozbozlik kabi serxarajat ishlardan xalos etish, naqd pul muomalasi barqarorligini saqlash barobarida iqtisodiyotni zarur investision resurslar bilan ta’minlaydi, tegishli idoralarning jismoniy va yuridik shaxslar ustidan nazorat qilishini cheklaydi.
Kezi kelganda aytish o‘rinliki, Shimoliy Amerika va Yevropa, Avstraliya va qator Osiyo mamlakatlarida plastik kartochkalar infratuzilmasini kengaytirish hisobiga muomaladagi naqd pullarni kamaytirish siyosati yuritilmoqda. Savdo va xizmat ko‘rsatish sohasidagi to‘lovlarning elektron hamyonlar yordamida amalga oshirilishi natijasida ish haqlarining naqd pulda berilishi tobora qisqarib bormoqda. Masalan, ish haqlari hozirgi paytda Angliya va Fransiyada 10, Germaniyada atigi 5 foizi naqd pulda to‘lanmoqda.
Shuningdek, tijorat banklari tomonidan Moliya vazirligi bilan birgalikda byudjet tashkilotlari ishchi-xizmatchilarining ish haqi qaydnomalarini UzASBO dasturidan foydalangan holda xizmat ko‘rsatuvchi bankda ochilgan Uzcard EMV plastik kartalariga elektron shaklda yuborish imkonini beruvchi yangi tizim yaratilmoqda.
Bu sira loyihalar ijrosi pirovardida mamlakatimizda pul aylanmasini yanada jadallashtirib, to‘lov tizimini mustahkamlab boradi.
 


Категория: TEXNOLOGIYA
Просмотров: 4934 | Рейтинг: 0| Рейтинг: plastik kartochka, Uzcard
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 00:58
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное