Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida plastik kartochkalardan pullarni o‘zlashtirgan firibgar ushlandi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.
"24 aprel kuni shahar IIBga tushgan hujjatlarga ko‘ra, Nishon tumani Paxtaobod mahallasida yashovchi, “Muxiddin asali” xususiy asalarichilik korxonasi rahbari, M.Elamanov 2017 yil 15 may kuni Qarshi shahrida yashovchi, D.Jo‘rayevani hisobida 283 mln. so‘m puli bo‘lgan bank plastik kartochkasini hamda 2017 yil 6 iyun kuni Qarshi shahrida yashovchi, O.Hudoyqulovni hisobida 50 mln. so‘m puli bo‘lgan bank plastik kartochkalarini olib, naqd pul qilib berishini aytib, aldash yo‘li bilan ishonchiga kirib, plastik kartochkalarini olib ketib, D.Jo‘rayevaning 160 mln. so‘m puli va O.Hudoyqulovning 50 mln. pullarini shu kungacha qaytarib bermay o‘z ehtiyoji uchun ishlatib yuborganligi ko‘rsatilgan", - deyilgan vazirlik xabarida.
M.Elamanov ushlangan. Surishtiruv ishlari olib borilmoqda.