Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

UXX Qodirovni harbiy jinoyatda aybladi. Checheniston rahbari kalandimog‘lik bilan javob qaytardi

Ukraina Xavfsizlik xizmati (UXX) Checheniston rahbari Ramzan Qodirov va uning qo‘l ostidagi ikki xodimi: Checheniston Milliy gvardiyasi qo‘shinlari boshlig‘i o‘rinbosari Daniil Martinov va Rossiya Milliy gvardiyasining “Janub” alohida motorli batalonining 249-sonli taktik guruhi qo‘mondoni Husayn Mejidovdan “harbiy jinoyatlar haqida aniq dalillar” to‘plaganini ma’lum qildi.

Ukraina razvedka xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yil fevral-mart oylarida Qodirov Milliy gvardiyaning chechen bo‘linmalarining alohida harbiy amaliyotlarini ishlab chiqish va rejalashtirishni shaxsan o‘zi nazorat qilgan, buyruqlar bergan, ularning rahbarlarining hisobotlari va ma’ruzalarini eshitgan.

Martinov, UXX ma’lumotlariga ko‘ra, 5 mart kuni Kiyev viloyatining Borodyanka shahridagi psixonevrologik maktab-internatni egallab olishga shaxsan rahbarlik qilgan, o‘shanda uning deyarli 500 nafar bemor va xodimlari garovga olingan. Mejidov fevral oyi oxiri, mart oyining boshlarida Gostomelda 200 ga yaqin tinch aholini asirga olish va garovda ushlab turishga buyruq bergan, deydi maxfiy xizmatdagilar.

UXX tergovchilari Qodirovni tajovuzkor urushga tayyorgarlik ko‘rish va uni boshlash, Ukraina chegaralarini o‘zgartirish choralarini ko‘rish, shuningdek, Rossiyaning Ukrainaga qarshi harbiy tajovuzkorligini yoqlashda gumon qilmoqda. Martinov va Mejidov urush qonunlari va urf-odatlarini buzganlikda, harbiy asirlarga yoki tinch aholiga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lganlikda ayblanmoqda.

Ramzan Qodirov UXX aybloviga munosabat bildirib, kalandimog‘lik bilan kim jinoyatchi ekanini aniqlashtirish uchun belgilangan joyga borishini aytgan.

“Xavfsizlik kuchlari janoblari, biz borishimiz kerak bo‘lgan joyni aniqlang. Biz mamnuniyat bilan kelib, kim jinoyatchi, kim qotil, kim terrorchi ekanligini aniqlaymiz”, degan Qodirov o‘zining Telegram-kanalida e’lon qilingan audioyozuvda.

Checheniston rahbari UXX tomonidan ayblangan Daniil Martinov “bizda ishlamaydi”, deb ta’kidlagan. Martinov Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimi, deydi Qodirov.

Checheniston rahbari, shuningdek, u allaqachon “Kiyevni” egallashi mumkinligini aytgan. 

“Zelenskiy ham, shunga o‘xshashlar ham podvallarda so‘roq qilinayotgan bo‘lar edi. Bizga Kiyevni egallashga va seni so‘roq qilishga ruxsat bermagani uchun Putinga rahmat ayt, “KNVshik”, deydi Qodirov.Rossiya-Ukraina urushi

Joriy yilning 21 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Kremlda Ukraina sharqidagi o‘zini mustaqil deb e’lon qilgan Lugansk xalq respublikasi (LXR) va Donetsk xalq respublikasini (DXR) tan olish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Keyinroq RF respublikalarni shu nomdagi viloyatlar chegaradagi tan olganini ta’kidlab, Ukrainaga qarshi urush xavfini oshirib yubordi.

Putinning favqulodda qarori ortidan AQSH, YeI, Kanada, Avstraliya, Buyuk Britaniya va Yaponiya rasmiylari ham Rossiyaga qarshi sanksiyalar kiritdi.

24 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Ukraina sharqida Donbassda rus harbiylari "maxsus harbiy operatsiya" boshlaganini e’lon qildi va rus qo‘shinlari Ukrainaga hujum boshladi. Putin bu harakatini Ukraina sharqidagi rossiyaparast separatist kuchlar rahbarlari shunday so‘rov yuborgani bilan oqladi.

Bundan avvalroq Zelenskiy Rossiya fuqarolariga rus tilida murojaat qilib, ukrainlarga “na sovuq, na issiq, na gibrid urush kerak emas”ligini, ukrainlar hujumchilarni kutib olishga tayyorligini bildirgandi. Ko‘p o‘tmay Prezident Rossiya bilan diplomatik aloqani uzdi. Prezident Zelenskiy mamlakatda harbiy holat e’lon qildi.

25 fevral kuni Zelenskiy Ukrainada umumiy harbiy safarbarlik e’lon qildi. Armiyaga chaqiruv mamlakatning qator viloyat va shaharlarida amalga oshirilishi belgilandi.

Rus qo‘shinlari hozirgacha Ukrainaga shimol, sharq va janubdan hujum qilib kelmoqda va qator hududlarni egallashga erishdi. Ammo bu urush Rossiyaning dunyoda yakkalanib qolishiga olib keldi.

Ukrainaga hujum boshlanishi Rossiya iqtisodiga og‘ir zarba berdi. Rus kompaniyalari aksiyalari keskin arzonlashdi, Moskva birjasida savdolar mislsiz darajada pasayish bilan o‘tdi. Gazprom, LUKOYL va boshqa yirik kompaniyalar yo‘qotishlarga uchradi.

Hujum boshlangach, Yevropa davlatlari va AQSH Rossiyaga qarshi bir necha bosqichli sanksiyalar joriy qildi. Rossiyaning VTB, “Rossiya” banki, “Otkritiya”, “Novikombank”, “Promsvyazbank”, “Sovkombank” va VEB.RF banklari SWIFT xalqaro banklararo tizimidan uzildi. AQSH va Yevropa Ittifoqi Rossiyaning oltin-valyuta zaxirasini blokladi.

Yevropa davlatlari, AQSH, Kanada Rossiya uchun o‘z havo hududini yopdi. Bu sanksiyalarga neytral davlat hisoblangan Shveysariya ham qo‘shildi. Urush fonida Ukrainani Yevropa Ittifoqi a’zoligiga qabul qilish jarayoni tezlashdi.


Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 1304 | Рейтинг: 0| Рейтинг: rahbari, Qodirov, jinoyatda, Checheniston, qaytardi, bilan, aybladi, javob, kalandimog‘lik, harbiy
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 18:55
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное