Rossiya Federatsiyasi Xavfsizlik Kengashi raisining o‘rinbosari Dmitriy Medvedev Polshaning Ikkinchi Jahon urushi paytida Sovet Ittifoqi tomonidan mamlakatga yetkazilgan urush zarari uchun tovon to‘lash talabiga javoban rad etish yoki qarshi hisob-kitob bilan chiqishni taklif qildi.
Medvedev bunday talablarga “ikki yo‘l bilan javob berish mumkinligini” ta’kidladi. Birinchisi, SSSR sotsializm davrida Polshaga topshirgan hamma narsa uchun “ularga hisob tayyorlash”. Bu esa Bu esa yuzlab milliard dollarlarga teng bo‘ladi. Ikkinchi variant uchun esa u Varshava talablarini qo‘pol ravishda inobatga olmaslikni taklif qildi.
Kecha, 28 oktyabr kuni Polsha Tashqi ishlar vazirligi Varshavaga ko‘ra, Ikkinchi Jahon urushi paytida Sovet Ittifoqi tomonidan respublikaga yetkazilgan zararlar to‘g‘risida hisobot tuzish bo‘yicha ish boshlanganini e’lon qildi.
Avvalroq, sentyabr oyida Polsha rasmiylari 1939-1945 yillarda fashistlar Germaniyasi hujumi va nemis istilosi natijasida Polsha yetkazilgan zararlar haqida respublika mutaxassislari tomonidan tayyorlangan uch jildlik hisobotni taqdim etgan edi. E’lon qilingan zararning umumiy miqdori hisobotga ko‘ra, 6,2 trillion zlotiydan ortiqni (taxminan 1,3-1,5 trillion dollar) tashkil etdi.
Vaqti-vaqti bilan polshalik siyosatchilar Rossiya ham Polshaga tovon to‘lashi kerak degan fikrni bildirishmoqda. Moskva Ikkinchi Jahon urushi tarixini soxtalashtirish, uning natijalarini va fashizmga qarshi kurashda sovet xalqining rolini qayta ko‘rib chiqishga yo‘l qo‘yilmasligini bir necha bor ta’kidlagan.