"Ana endi" deb nomlangan qo‘shig‘i va klipi bilan muxlislarini lol qoldirgan Umidaxon yana bir sho‘x va o‘zgacha uslubdagi taronasi ustida ish olib bormoqda. "Bu man chunki" deb nomlangan kompozisiya "Ana endi" taronasidan qolishmagan holda, musiqa shinavandalarini hayratlantirishi tabiiy. Shahboz so‘zi va musiqasi bilan yozilgan kompozisiyaning aranjirovkasini Jasur Badalboyev amalga oshirgan. Ayni damda qo‘shiq tayyor bo‘lish arafasida. O‘ylaymizki, mazkur sho‘x tarona, xalqimizga manzur keladi va yoshlar orasida yaxshigina ommalashadi.