Xonanda Umidaxon saytimizning blis savollariga javob berdi.
— Umidaxon yig‘loqimi?
— Yo‘q, ba’zan ko‘z yosh qilishim mumkin, biror filmdan ta’sirlansanmi, misol uchun.
— Balki urushqoqdir?
— Umuman! Lekin qornim och bo‘lsa, asabiylashishim mumkin.
— Katta miqdorda pul yo‘qotganmisiz hech?
— Yo‘q!
— Qaysi san’atkorning qo‘shig‘ini qayta ijro qilgan bo‘lardingiz agar shunday imkoniyat berilsa?
— Shoxruxxonning barcha qo‘shiqlarini kuylagan bo‘lardim.
— Oxirgi marta qachon metroga tushdingiz?
— O‘tgan yili qishda edi adashmasam, do‘stlarimiz bilan metroga tushib, u stansiyadan bunisiga «kateysa» qildik.
— Tanib qolishmadimi?
— Yo‘q, yopinchiq qalpoli kurtka kiyib olgandim, hech kim tanimadi.